Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 11 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TUMAN HOKIMI MAKTAB O’QUVCHILARIGA DARS O’TDI

×

 2021-09-16 16:46:46    56

PDF yuklash
Chop etish


        Tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev tumandagi 17-sonli UO’T maktabida bo’lib, bu yerda olib borilayotgan ta'lim-tarbiya jarayoni bilan yaqindan tanishdi.

        8-sinf o’quvchilari bilan so’hbatlashib, ularning qiziqishlari bilan qiziqdi va shu bilan birga, maktabdagi muammo va kamchiliklar ham o’rganildi. Savol-javob tariqasida bo’lib o’tgan jarayon talabalarning bilim darajasini ko’rsatdi.

        - Bizga imkoniyat darajasida badiiy kitoblar va sportning futbol turi bilan shug’ullanishimiz uchun badiiy kitoblar va futbol to’pi olishda amaliy yordam bersangiz, - deya talabalar tuman hokimiga murojaat etishdi.

        - Maktab va bevosita 17-sonli UO’T maktabining 8-sinf o’quvchilari bizning doimiy e'tiborimizda bo’lishadi va bugundan boshlab hokim ushbu sinfni otaliqqa oladi, - dedi tuman hokimi so’hbat chog’ida.

        Tuman hokimi talabalarga bugungi kunda sohaga Prezidentimiz tomonidan berilayotgan g’amxo’rliklar va e'tibor haqida alohida so’zlab, bugungi yoshlar Vatanimizning ertangi kunini barpo etadigan kadrlar bo’lib yetishlarini qayd etdi. Tarix fani bo’yicha savol-javob qilindi va millat qahramonlari bo’yicha dars o’tgan tuman hokimidan talabalar katta taassurotlar olishdi. 

        Tashrif jarayonida maktabda tashkil etilgan o’lkashunoslik muzeyi ham ko’zdan kechirildi. Muzeyni kengaytirish va eksponatlarni ko’paytirish bo’yicha hokim o’z taklif va tavsiyalarini berdi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram