“YOSHLAR DAFTARI” DAGILAR E'TIBOR MARKAZIDA
2021-09-08 09:17:58 220
Aytish lozimki, Respublikamizda yoshlarga berilayotgan e'tibor tufayli ularning bandligi ta'minlanib, daromad topish imkoniyati kengaymoqda va bu yo’nalishda So’x tumanida ham arzirli ishlar amalga oshirilayotir.
Istiqlolimzning 30-yillik bayrami kunlari Yoshlar ishlari agentligi So’x tumani bo’limi binosi oldida "Yoshlar daftari"da turgan fuqarolarning bandligini ta'minlash va ularning o’z mehnatlari orqali moddiy daromad topishlari maqsadida 2, 3 va 4-sektorlar hududida istiqomat qiluvchi, vaqtinchalik ishsiz bo’lgan, jami 20 nafar yoshlarga o’zini o’zi band qilish uchun turli xil asbob-uskuna va dastgohlar berildi.
Berilgan dastgohlar orasida tikuv mashinasi, metall payvandlash uskunasi, dori sepish apparati va velosiped, kraska sepish apparati kabi ish qurollari ham bor. Berilgan asbob-uskuna barobarida tadbirda 1 nafar yosh fuqaroga bir martalik moddiy yordam puli ham topshirildi.
Ushbu uskunalarni yoshlarga So’x tumani hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev hamda tuman sektor rahbarlari topshiridilar. Yoshlarga berilgan ish qurollaridan samarali va maqsadli foydalanish va moddiy daromad topishlariumid bildirildi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram