MAKTABIMIZDA 2021-2022 O’QUV YILI BOSHLANDI
2021-09-06 11:08:35 173
Yangi 2021-2022 o’quv yili rasman bugun – 6-sentyabr kuni boshlandi.
Farg’ona viloyati So’x tumanidagi 29-umumta'lim ilm maskani ham o’quvchilari uchun bag’rini ochdi. Bu yili maktabimizga 42 ta birnchi sinf o’quvchilari qabul qilindi va jami 387 ta o’quvchilar ilm olishni boshlashdi.
Bilimlar kuniga bir guruh davlat tashkilotlari xodimlari, faxriy ustoz va ota-onalar taklif etildi.
- “Yangi O’zbekiston – maktab ostonasidan, ta'lim tarbiya tizimidan boshlanadi” degan g’oya asosida ta'limda keng ko’llamli islohotlar amalga oshirildi.
Misol tariqasida oladigan bo’lsak, tumanimizdagi Oftobru mahallasida yangi maktab, 4, 18, 25 sonli umumiy o’rta ta'lim maktablarda qo’shimcha binolar qurilmoqda.
Maktabimizni o’tgan yili 30-ta 11 sinf o’quvchilari bitirib, shundan 17-tasi oliy ta'lim muassasalariga xujjat topshirishdi.
- Fursatdan foydalanib barchangizni eng ulug’ va eng aziz mustaqilligimizning 30 yilligi munosabati bilan tabriklab, yangi boshlanayotgan o’quv yilida hammalaringizga omad va zafarlar tilayman, - dedi maktab direktori Amirjon Temirov.
Bugungi kun maktabga ilk bor kelgan kichkintoy o’g’il-qizlarimiz xotirasida abadiy qoladi. Har yilgi an'anaga muvofiq birinchi sinf o’quvchilariga Prezident sovg’alari sifatida 12 turdagi o’quv qurollari va darsliklariga ega yangi sumkalar topshirildi.
Dodohayit Hasanov - maktab yetakchisi
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram