Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 10 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

MAKTABIMIZDA 2021-2022 O’QUV YILI BOSHLANDI

×

 2021-09-06 11:08:35    88

PDF yuklash
Chop etish


        Yangi 2021-2022 o’quv yili rasman bugun – 6-sentyabr kuni boshlandi.

        Farg’ona viloyati So’x tumanidagi 29-umumta'lim ilm maskani ham o’quvchilari uchun bag’rini ochdi. Bu yili maktabimizga 42 ta birnchi sinf o’quvchilari qabul qilindi va jami 387 ta o’quvchilar ilm olishni boshlashdi.

        Bilimlar kuniga bir guruh davlat tashkilotlari xodimlari, faxriy ustoz va ota-onalar taklif etildi.

         - “Yangi O’zbekiston – maktab ostonasidan, ta'lim tarbiya tizimidan boshlanadi” degan g’oya asosida ta'limda keng ko’llamli islohotlar amalga oshirildi.

        Misol tariqasida oladigan bo’lsak, tumanimizdagi Oftobru mahallasida yangi maktab, 4, 18, 25 sonli umumiy o’rta ta'lim maktablarda qo’shimcha binolar qurilmoqda.

        Maktabimizni o’tgan yili 30-ta 11 sinf o’quvchilari bitirib, shundan 17-tasi oliy ta'lim muassasalariga xujjat topshirishdi.

        - Fursatdan foydalanib barchangizni eng ulug’ va eng aziz mustaqilligimizning 30 yilligi munosabati bilan tabriklab, yangi boshlanayotgan o’quv yilida hammalaringizga omad va zafarlar tilayman, - dedi maktab direktori Amirjon Temirov.

        Bugungi kun maktabga ilk bor kelgan kichkintoy o’g’il-qizlarimiz xotirasida abadiy qoladi. Har yilgi an'anaga muvofiq birinchi sinf o’quvchilariga Prezident sovg’alari sifatida 12 turdagi o’quv qurollari va darsliklariga ega yangi sumkalar topshirildi.


                  Dodohayit Hasanov - maktab yetakchisi

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram