QISHLOQ XO’JALIGI VAKILLARI ISHTIROKIDAGI SEMINAR
2021-08-20 15:01:30 169
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 9 oktyabrdagi “Fermer dehqon xo’jaliklari va tomarqa yer egalarining huquqlarini va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, qishloq xo’jalik ekin maydonlaridan samarali foydalanish tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to’g’risida”gi PF-5199 sonli farmoni ijrosini ta'minlash maqsadida tumandagi qishloq xo’jaligi korxona va tashkilot rahbarlari hamda tumanda fa'oliyat ko’rsatayotgan shirkat va fermer xo’jaliklari bilan birgalikda seminar o’tkazildi. Mazkur seminarda So’x tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev ishtirok etib, soha vakillariga Farmon mazmun mohiyatini tushuntirdi va ushbu farmon asosida 2022 yil 1 yanvariga qadar tumandagi barcha fermer xo’jaliklar ko’p tarmoqli fermer xo’jaligiga aylantirilishin takidlab o’tdi.
Shuningdek, tumandagi “Muzaffar” ko’p tarmoqli fermer xo’jaligi tumandagi barcha fermer xo’jaliklarga namuna sifatida ko’rsatildi. Kelgusida barcha fermer xo’jaliklar uzining imkoniyatlaridan kelib chiqib o’zining ixtisoslashuvidan tashqari chorvachilik, parrandachilik, asalarichilik, baliqchilik, pillachilik kabi qishloq xo’jaligi tarmoqlarini rivojlantirishi bo’yicha topshiriqlar berildi.
Bundan tashqari O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik bayramining 30-yilligi munosabati bilan aholini arzon oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlash maqsadida arzonlashtirilgan qishloq xo’jalik mahsulotlari yarmarkasi tashkil etish bo’yicha barcha mutasaddi korxona va tashkilotlar rahbarlari hamda shirkat va fermer xo’jaliklar rahbarlariga ko’rsatmalar berildi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram