Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 39 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

YaNGI DIREKTOR TAYINLANDI

×

 2021-03-02 10:34:03    72

PDF yuklash
Chop etish


YaNGI DIREKTOR TAYINLANDI

         Bugun So'x tumani Saribozorcha mahalla fuqarolar yig'inida joylashgan 29-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev maktab pedagogik jamoasi bilan uchrashdi. Uchrashuvda maktabda ta'lim sifatini oshirish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar sarhisob qilindi. Ma'lumki, ushbu maktab qurilishiga salkam 3 milliard so'm mablag' sarflangan. Uchrashuvda davlatimiz rahbari tomonidan ta'lim sohasiga berilayotgan e'tibor haqida gapirib, tuman hokimi berilayotgan e'tiborga nisbatan samarali faoliyatimiz bilan "labbay" deya javob berish lozimligini ta'kidladi.

         Uchrashuv davomida 6 oydan beri maktab direktori vazifasini bajarib kelgan Rahmatjon Sohibovga minnatdorchilik sifatida qimmatbaho sovg'a taqdim etildi. Farg'ona viloyati xalq ta'limi boshqarmasi boshlig'i buyrug'i bilan So'x tumani XTB mudiri vazifasida ishlab kelgan Amirjon Temirov 29-sonli UO'T maktabi direktori etib tayinlandi. Uchrashuv davomida maktabda sport rivojiga berilayotgan e'tibor ham ko'zdan kechirildi. 

                   So'x tumani hokimligi Axborot xizmati