Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 14 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

ShAXMATChILAR BELLAShUVI

×

 2021-01-18 18:29:59    61

PDF yuklash
Chop etish


ShAXMATChILAR BELLAShUVI

         Aholi o'rtasida sportni targ'ib qilish, sohaga ayniqsa, yoshlarni keng jalb etish maqsadida tumanimizda turli sport tadbirlari o'tkazilmoqda. Tuman madaniyat markazida O'zbekiston Respublikasi Yoshlar Ittifoqi So'x tuman Kengashi tashabbusi bilan 10, 14, 15 va 19 yosh toifasidagi sportchilar o'rtasida shaxmat bo'yicha tuman birinchiligi o'tkazildi. Ushbu sport tadbirida 100 dar ortiq yosh shaxmatchilar ishtirok etib, g'oliblikni qo'lga kiritish uchun dona surishdi. 15-19 yosh toifasidagi sportchilar o'rtasida birinchi o'rin 8-sonli UO'T maktabining 8-sinf o'quvchisi Avazbek Olimovga nasib etdi. 13-sonli maktab o'quvchisi Hisenjon Sultonaliyev ikkinchi va 16-sonli makatab o'quvchisi Azamat Esanaliyev uchinchi o'rinni egalashga muvaffaq bo'lishdi. 10 yoshli sportchilar o'rtasidagi bahslarda 1-o'rin 16-sonli maktab o'quvchisi Shohmirzo Esanaliyev va ikkinchi o'rin 14-son maktab o'quvchisi Ruhlatjon Ahmadaliyevga nasib etdi. G'olib va faol ishtirokchilarga tashkilotchilarning faxriyanoma va esdalik sovg'alari taqdim etildi.

                   So'x tumani hokimligi Axborot xizmati