YoSh ShAXMATChILAR BELLAShUVI
2020-12-12 19:17:54 167
YoSh ShAXMATChILAR BELLAShUVI
Aholi, ayniqsa, yoshlar o'rtasida sportni keng targ'ib qilish, sohani rivojlantirish maqsadida Prezidentimizning alohida e'tibori tufayli Respublikamiz hududida keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqdakim, bunday ishlarni So'x tumani misolida ham ko'rishimiz mumkin. Davlatimiz rahbarining 6099-sonli Farmonida har bir oila, mahalla va tuman (shahar)da, maktabgacha, umumiy o'rta, o'rta maxsus, professional va oliy ta'lim muassasalarida hamda boshqa tashkilotlarda jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan shug'ullanishga shart-sharoitlar yaratish, ommaviy sportni rivojlantirish bo'yicha oilalar, sinflar, mehnat jamoalari va hududlar o'rtasida sport musobaqalarini muntazam ravishda o'tkazish sog'lom turmush tarzini hayotga keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirishning asosiy yo'nalishlaridan biri ekanligi qayd etilgan.
Tuman xokimligi, tuman jismoniy tarbiya va sport bo'limi, xalq ta'lim bo'limi, madaniyat bo'limi, Yoshlar ishlari agentligi tuman bo'limi bilan hamkorlikda tumanimizning Saribozorcha mahalla fuqarolar yig'inida joylashgan, yaqinda qurib foydalanishga topshirilgan yangi 29-sonli UO'T maktabida maktab o'quvchilari va mahalla yoshlari o'rtasida sportning shaxmat turi bo'yicha musobaqa o'tkazildi.
Musobaqada 7 yoshdan 18 yoshgacha bo'lgan shaxmat ishqibozlari ishtirok etishdi. Natijada 16-sonli maktabning 11-sinf o'quvchisi Azamatjon Esanaliyev faxrli 1-o'rinni egalladi. Qizlar o'rtasida o'tkazilgan bahslarda maktabning 10-sinf o'quvchisi Manija Karimova 3-o'rinni egallashga muyassar bo'ldi. Umumjamoa hisobida 16-sonli maktab yosh shaxmatchilari birinchilikni qo'lga kiritishdi.
– Jami o'tkazilgan bu sport tadbirimizda tumanimiz maktablaridan 345 nafar o'quvchilar ishtirok etishdi. Bunday musobaqalarni muntazam o'tkazib, tumanimizda sport rivojiga o'z hissamizni qo'shishga harakat qilamiz, - deydi So'x tumani XTB mudiri Amirjon Temirov.
So'x tumani hokimligi Axborot xizmati