Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 167 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

NURONIYLAR E’ZOZDA

×

 2020-12-09 16:45:55    95

PDF yuklash
Chop etish


NURONIYLAR E’ZOZDA

         Qariyalar, nuroniy otaxon va onaxonlar, ko'pni ko'rgan bobolaru butun umrini farzand parvarishi va mehnat qilishga bag'ishlagan momolarimiz borki, hayot go'zal. Zotan, bu ulug' insonlar hayotimizning gultoji, umrimiz mazmuni sanaladi. Bunday insonlarga e'tibor, mehr-muhabbat ko'rsatish, ularning duolarini olish biz uchun ham qarz, ham farzdir.

         Tumanimizning Zangat mahallasida joylashgan “Niso” dam olish maskanida tashkil etilgan tadbirga 50 nafar mehnat faxriyalari, nuroniy otaxon va onaxonlar, frontorti xizmatchilar taklif etilib ularga hurmat-ehtirom ko'rsatildi. Tadbdirda tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev ishtirok etdi.

         Tuman hokimi tadbir ishtirokchilariga o'z minnatdorchiligini bildirib, bugungi farovon hayot va tinch-osoyishta zamonda yashash baxti barchamizga ayni shu insonlarning say-harakati, ko'rsatgan fidoiyliklari va sidqidildan qilgan mehnatlari ila bardavom ekanligini ta'kidlab o'tdi.

         Shuningdek, Konstitutsiya kuniga bag'ishlab bir guruh mehnat faxriylari, front ortida halol mehnat qilgan nuroniylarga viloyat hokimining esdalik sovg'alari va oziq-ovqat mahsulotlari topshirildi. Yangiariq mahallasida yashovchi nuroniy otaxon, yuz bilan yuzlashgan Qorijon Zavharovga tuman “Mahalla” xayriya jamoat fondi hisobidan bayram sovg'alari qatorida eshitish moslamasi ham taqdim etildi. Samimiy minnatdorlik va shukronalik ila nuroniy otaxon va onaxonlar sovg'alarni qabul qilib olishdi.

                   So'x tumani hokimligi Axborot xizmati