Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 8 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HUQUQ BILIMDONLARI

×

 2020-11-26 17:14:21    113

PDF yuklash
Chop etish


HUQUQ BILIMDONLARI

         8 dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kunga 28 yil to'ladi. Sana munosabati bilan tumanimizning barcha ta'lim muassasalarida turli xil tadbirlar va ko'rik-tanlovlar o'tkazilmoqda.  

         So'x tuman xalq ta'limi bo'limi mudiri, tuman hokimi maslahatchisi Amirjon Temirovning ma'lumotiga ko'ra, 1-son umumiy o'rta ta'lim maktabining majlislar zalida “Huquq bilimdonlari” mavzusi ostida maktablararo ko'rik-tanlov bo'li o'tdi. Tanlovda 1, 2, 3, 6, 15, 22, 23, 26 umumyi o'rta ta'lim maktablari va 2-sonli IDUM ning o'quvchilari ishtirok etishdi. Ko'rik-tanlov natijasiga ko'ra, 3-sonli maktab o'quvchilari 86,6 ballni qo'lga kiritib, musobaqa g'olibi bo'lishdi.

         Shuningdek, 1-sektor hududidagi maktablar o'rtasida "Konstitutsiya - erkinligimiz kafolati" mavzusi ostida bo'lib o'tgan ko'rik-tanlovda 16, 17, 18, 19, 20, 21, 24, 27-sonli maktablar hamda 3-IDUM ning  talabalari ishtirok etishdi. Ko'rik-tanlov g'olibligini 3-sonli IDUM o'quvchilari 62 ball bilan qo'lga kiritishgan bo'lsa, 61 ball bilan 24-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabining huquq bilimdonlari ikkichni o'rinni egallashdi. G'olib jamoalar va faol ishtirokchilarga faxriy yorliqlar va esdalik sovg'alar taqdim etildi.

                   So'x tumani hokimligi Axborot xizmati