VATAN HIMOYaSI – MUQADDAS BURCh
2020-10-30 16:56:17 396
VATAN HIMOYaSI – MUQADDAS BURCh
Mustaqil yurtimizda hukm surayotgan tinchlikni asrash, uning qadriga yetish O'zbekiston Respublikasida yashayotgan xar bir fukaroning muhim burchi hisoblanadi. Zero, tinchlik, omonlik va xotirjamlik barqaror bo'lgan yurtda ertangi kunga ishonch bilan qarash xissi paydo bo'ladi.
Mamlakatimizda 25 oktyabrь – ichki ishlar idoralari hodimlari kuni sifatida nishonlanadi. Bugungi tinch, osoyishta hayotimizni asrab-avaylashda ichki ishlar hodimlarini o'rni beqiyosdir. Vatan himoyasi va yurt tinchligi, fuqarolarimizni osoyishta umrguzoronlik qilishi uchun ahd qilib yashash juda xam ulug' fazilat va kasb ekanligi muqaddas dinimizda ham alohida e'tirof etilgan.
O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar idoralari xodimlari kuni bayrami munosabati bilan Sux tumani axborot kutubxona markazi o'quv zalida kutubxona mutaxassislari, ichki ishlar bo'limi boshlig'i o'rinbosari, mayor Zarifjon Hasanov bilan uchrashuv va davra so'hbati o'tkazildi. Uchrashuv davomida maktab o'quvchilari tomonidan berilgan savollarga mayor Zarifjon Hasanov tomonidan javoblar berildi.
Uchrashuv oxirida axborot-kutubxona markazi ma'muriyati tomonidan So'x tuman ichki ishlar bo'limi boshlig'i o'rinbosariga esdalik sovg'alari topshirilib, faol qatnashgan maktab o'quvchilariga maqtov yorliqlari taqdim etildi.
Zafarjon G'aniyev – So'x tumani Axborot-kutubxona
markazi direktori