Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 14 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Hunarmandchilik rivoji yo'lidagi ilk odimlar

×

 2020-09-26 16:45:51    161

PDF yuklash
Chop etish


Hunarmandchilik rivoji yo'lidagi ilk odimlar

         Oddiy qog'oz parchasi yoki loydan inson san'at asari yaratishi mumkin. Bu haqiqat. Bunday insonlarga nisbatan “qo'li gul” deya ta'rif berishadi. Buning hammasi insonning o'ziga, qobiliyatiga, uning hunariga bog'liq. Shuning uchun ham bunday insonlarni hunarmand deya e'tirof etamiz.

         Bugun Sux tumanida hunarmandchilikni rivojalantirish uchun ilk qadamlar qo'yilmoqda. Darvoqe, Prezizidentimizning “2020-2021 yillarda Farg'ona viloyatining Sux tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi 4798-sonli qarorida ham aholini ijtimoiy qo'llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish, ularning ish bilan bandligini oshirish, hunarmandchilikni rivojlantirish orqali 60 nafar aholini bandligini ta'minlash ko'rsatilgan. Ayni kunda tumanning Qizilqiyoq mahalla fuqarolar yig'inida “Rishton kulolchilik markazi” bilan kooperatsiya aloqalarini yo'lga qo'yish orqali, kulolchilik, chinnichilik va yog'och o'ymakorligiga ixtisoslashgan “Hunarmandchilik markazi”ni barpo etish ishlari olib borilmoqda. “Ustoz-shogird” an'anasiga tayanib, markazda tuman yoshlari kulolchilik sirlarini o'rganishmoqda.

         Shu bilan birga, Suxlik hunarmandlar o'zlarining ichki imkoniyatlaridan kelib chiqib, mehnat qilishayotir. Tumanning Sarikanda mahalla fuqarolar yig'inida faoliyat olib borayotgan usta-hanarmandlar – Ahrorjon va Anvarjon Shamsiddinovlar ham shular jumlasidandir.

         -“Hozirgi kunda uyda tashkil etilgan korxonamizda 6 nafar ishsiz yoshlarni ishga jalb etgan holda faoliyat olib borayapmiz. Shunigngdek, 6 nafar havasmand yoshlarga kasbimiz sir-asrorlarini  o'rgatmoqdamiz”,-deydi usta-hunarmand Ahrorjon Shamsiddinov.

         Sarikanda mahalla fuqarolar yig'ini raisi Bahodirjon Safoyevning so'zlariga ko'ra, hunarmandlar yaratilgan asarlar sifat jihatidan ham juda xaridorgir. - Yoshlarimiz yaratgan asarlarni salkam 10 million so'mga sotishga muvafaq bo'lishdi, - deydi mahalla raisi. Ayni damda korxonaning faoliyatini kengaytirish maqsadida ishlar olib borilayapti.

                   Sux tumani hokimligi Axborot xizmati