Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 25 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

J A R A Yo N Yo'llar qurilishi va ta'mirlash ishlari

×

 2020-09-24 17:47:14    155

PDF yuklash
Chop etish


J A R A Yo N

Yo'llar qurilishi va ta'mirlash ishlari

         Soha rivojiga berilayotgan e'tibordan ro'h olib faoliyat olib borayotgan tumanimiz tadbirkorlari Suxning obodonchiligiga ham o'z hissalarini qo'shishmoqda. Buni Lennbur mahalla fuqarolar yig'ini misolida ham ko'rishimiz mumkin.

         2020-2021 yillarda Farg'ona viloyatining So'x tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari Dasturiga asosan tumanimiz hududida 2020 yilning o'zida yo'llarni qurilish va ta'mirlash ishlariga 34,6 milliard so'm yo'nalitirilishi rejalashtirilgan. Shundan bu yili tumanimiz hududida 160 km shag'al qoplamali yo'llarni sementobeton qoplamaga o'tkazish va asfalьt qoplama yotqizish, 106 km tuproq yo'llarni shag'al qoplamaga o'tkazish va 40 km sementobeton piyodalar yo'laklarini qurish ko'zda tutilgan.

         Lenbur mahalla fuqarolar yig'inida davlat xususiy sherikchilik asosida mahalla fuqarolar yig'ini ma'muriy binosi qurilmoqda. Shuningdek, Dastur asosida mahalla hududida ichki ko'chalarni betonlashtirish ishlari ham jadallik bilan olib borilmoqda. Tadbirkor Ortiqali Ne'matov ham mana shunday xayrli ishlarga bel bog'lagan. Tadbirkorning so'zlariga ko'ra, mahalladagi ko'chalardan biriga 480 metrli betonli qoplama yotqizildi. Shuningdek, bugun ushbu mahallaning “Lochin” ko'chasida betonlashtirish va trotuar yotqizish ishlari davom etayotir. - Yaqin kunlarda betonlashtirish ishlarini oxiriga yetkazish niyatimiz bor, - deydi tadbirkor.

                   Sux tumani hokimligi Axborot xizmati