Sux tumanida parrandachilik kompleksi bunyod etilmoqda
2020-09-22 18:01:42 186
Sux tumanida parrandachilik kompleksi bunyod etilmoqda
Tadbirkorlikka keng yo'l ochilgan mamlakatimizda soha vakillari davlatimiz tomonidan yaratib berilgan imkoniyatlardan samarali foydalanishmoqda. Buni olis Sux tumani misolida ham ko'rishimiz mumkin.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “2020-2021 yillarda Farg'ona viloyatining Sux tumanini kompleks ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-4798-sonli qarori tumanimizda tadbirkorlik sohasini rivojlantirish, buning barobarida aholini ish bilan ta'minlash va real daromadini oshirish yo'lida tarixiy ahamiyatga ega ekanligi bilan ham ahamiyatlidir. Berilayotgan e'tibor samarasi o'laroq, bugun Sux tumanida tadbirkorlik jadal sur'atlarda rivojlanyapti.
2020-2021 yillarda Farg'ona viloyatining So'x tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari Dasturiga asosan tumanda yirik tadbirkorlarni jalb qilgan holda tumanda 20 ming boshga mo'ljallangan yirik parrandachilik komleksini tashkil etish rejalashtirilgan. Bugungi kunda tumanimizda ushbu Dastur ijrosini ta'minlash maqsadida "Sokh OASIS trade" MChJ tomonidan umumiy qiymati 1,9 mlrd.so'm (shundan 1,5 mlrd.so'm bank krediti va 400 mln.so'm tadbirkorning o'z mablag'i) bo'lgan parrandachilik klasterini tashkil etish investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda. Tadbirkor Oqiljon Ochildiyevning ma'lumotiga ko'ra, loyihani amalga oshirilishi natijasida 10 nafar yangi ish o'rinlari yaratiladi.
Sux tumani hokimligi Axborot xizmati