Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 26 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

J A R A Yo N Ko'p qavatli uy-joylar qurilishi

×

 2020-09-19 17:04:14    178

PDF yuklash
Chop etish


J A R A Yo N

Ko'p qavatli uy-joylar qurilishi

         Barcha narsa inson va uning manfaatlariga qaratilgan mamlakatimizda aholi turmush farovonligini oshirish, ularga munosib shart-sharoitlar yaratib berish davlatimiz siyosatining ustuvor  yo'nalishlaridandir. Binoan, bu yo'nalishda Sux tumanida ham amaliy ishlar olib borilmoqda.

         2020-2021 yillarda Farg'ona viloyatining So'x tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari dasturining 35-bandiga asosan tuman markazida Rovon shahar bosh rejasiga muvofiq har biri 30 xonadonli 7 ta 5 qavatli uy-joylar qurib, foydalanishga  topshirilishi rejalashtirilgan. Ushbu maqsadga davlatimiz tomonidan 28 mlrd. so'm mablag' yo'naltiriladi.

B U G U N

         Navobod mahalla fuqarolar yig'ini hududiga 4 ta,  Devayron mahalla fuqarolar yig'ini hududiga 2 ta hamda Chashma mahalla fuqarolar yig'ini hududiga 1 ta ko'p qavatli uylarning qurilishi boshlab yuborilgan. Ta'kidlash joyizki, barcha ko'p qavatli uylar qurilishi tumanda faoliyat olib borayotgan qurilish firmalariga biriktirilgan. Ayni kunda qurilish ishlari “Binokori Mohir” mas'uliyati cheklangan jamiyati, “Hazratulloh” xususiy korxonasi, “So'x arslon ekspres invest” mas'uliyati cheklangan jamiyati, “STROYBILDING” mas'uliyati cheklangan jamiyati, “Mirzoqurbon” ishlab chiqarish savdo firmasi va “Soxtmonchii mohiri Suxzamin” xususiy korxonasi ishchi-xodimlari tomonidan olib borilayotir.

                   Sux tumani hokimligi Axborot xizmati