Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 39 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

J A R A Yo N Ichimlik suvi ta'minoti bo'yicha

×

 2020-09-18 17:06:10    179

PDF yuklash
Chop etish


J A R A Yo N

Ichimlik suvi ta'minoti bo'yicha

         2020-2021 yillarda Farg'ona viloyatining So'x tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari dasturiga asosan:

         Tumanning “Oftobru”, “Tul”, “Hushyor”, “Qaqir”, “Qarir-Sebzor”, “Sarikanda”, “Hazrati Ali”, “Ravon”, “Yangiariq”, “Navobod”, “Lenburg”, “Qalacha”, “G'aznov”, “Sux”, “Chashma”, “Demursad”, “Sharqobod” mahalla fuqarolar yig'inlari hududida yashovchi 59 ming nafar aholini ichimlik suvi bilan ta'minlash maqsadida 274 km ichimlik suv tarmog'i tortish va 30 ta ichimlik suv inshootini qurish va rekonstruktsiya qilish rejalashtirilgan. Shuningdek, tuman suv ta'minoti korxonasiga 4 ta texnika vositalarini ajratish ham ko'zda tutilgan.

ShU KUNGAChA:

         Tumandagi 58 876 nafar aholini ichimlik suvi bilan ta'minlash maqsadida 273,9 km yangi tarmoq tortish  30 ta ob'ekt qurilishi uchun jami 108,5 mlrd.so'm mablag'lar sarflanishi rejalashtirilgan.

         Shundan 2020 yilda 94,2 km  yangi ichimlik suvi tarmog'i tortish, 9 ta ob'ekt qurilishi uchun jami 48,0 mlrd. so'm mablag' safrlanishi rejalashtirilgan bo'lib, hozirgi kunda jami 32,4 km suv tarmog'i tortildi.

         Mahallalar kesimidagi amalga oshirilgan ishlar – Chashma - 2 600 metr, Soxibkor - 1640 metr, Sharqobod – 7288 metr, Oftobru – 6218 metr, Sebzor – 7196 metr, Qaqir-1271 metr, Hushyor – 680metr, Guliston – 2123 metr, Zangat – 3109 metr, Demursad – 280 metr.

         Qurilish-ta'mirlash ishlariga 31 ta texnika va 72 nafar ishchi-xodimlar jalb etilgan. Ichimlik suvi muammosini bartaraf etish bo'yicha tuman hududida ishlar olib borilmoqda.

                   Sux tumani hokimligi Axborot xizmati