Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 32 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

J A R A Yo N

×

 2020-09-17 18:18:33    207

PDF yuklash
Chop etish


J A R A Yo N

         2020-2021 yillarda Farg'ona viloyatining Sux tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi asosida tuman hududidagi 160 km shag'al qoplamali yo'llarni sementobeton qoplamaga o'tkazish va asfalьt qoplama yotqizish, 106 km tuproq yo'llarni shag'al qoplamaga o'tkazish va 40 km sementobeton piyodalar yo'laklarini qurish rejalashtirilgan. Bu ishlarga davlatimiz tomonidan104,1 mlrd. sarflanishi ko'zda tutilgan.

         Shundan, 2020 yilda 96 km yo'l va 20 km piyodalar yo'laklari quriladi va ta'mirlanadi. Bu ishlarga Dasturga asosan 34,6 mlrd so'm sarflanadi. 2021 yilda 170 km yo'l, 20 km piyodalar yo'laklarini qurilish-ta'mirlash ishlari rejalashtirilgan bo'lib, 69,5 mlrd. so'm mablag' yo'naltiriladi.


         Bugungi kungacha tumanning 26 ta mahalla fuqarolar yig'ini hududida 183 ta ichki yullardan 116 tasida 18,7 mlrd. so'mlik ishlar bajarildi va 67 ta ichki kuchalarda qurilish ishlari olib borilmoqda. Hozirgi kunda sementobeton qoplamasi yotqizish ishlari 22,6 km, asfalьtlashtirish 9,9 km, shag'allashtirish ishlari 44,5 km va piyodalar yulagini qurish  8,2 kilometrga bajarildi.

         Prezidentimizning 4798-sonli qarori asosida tumanimizda keng ko'lamli obodonshtirish va qurilish-ta'mirlash ishlari olib borilayotir. Bajarilayotgan barcha ishlar inson manfaatini ko'zlab amalga oshirilayotgan bilan ham ahamiyatlidir.

                   Sux tumani hokimligi Axborot xizmati