Sux tumanida yo'llarning qurilish-ta'mirlash ishlariga 104,1 milliard so'm mablag' yo'naltiriladi
2020-09-15 17:15:39 226
Sux tumanida yo'llarning qurilish-ta'mirlash ishlariga 104,1 milliard so'm mablag' yo'naltiriladi
Joriy yilning o'tgan to'rt oyi davomida (iyul-sentyabr) Sux tumani hududida keng ko'lamli obodnlashtiish ishlari olib borildi. Buni birgina iichki yo'llarni qurilish-ta'mirlash ishlarida ko'rishimiz mumkin. Sarikanda, Saroibozorcha, Hushyor, Yangiariq, Mulgon, Chashma, Guliston, Navobod, Devayron, Lenbur, Sohibkor, G'aznov mahallalarida ayniqsa, bu kabi ishlar jadallik bilan olib borildi. Yo'llarni qurilish-ta'mirlash ishlari ayni kunlarda ham davom etayotir.
Ayniqsa, tuproqli yo'llarga shag'al to'kish, shag'alli ko'chalarni asfalьtdash va qementgobeton qoplamasi bilan qoplash ishlari bugungi kungacha davom etayotir. Devayron-Tul yo'nalishidagi yo'llarni asfalьtlash ishlari bevosita viloyat hokimi Sh. M. G'aniyev tashabbusi bilan olib borilayotgani bu hududda istiqomat qiladigan aholining quvontirgandan quvontirdi. Bu ishlarga tuman yo'lsozlik idorasi ishchi-xodimlari biriktirilgan bo'lib, asfalьt qilinishi lozim bo'lgan masofa salkam 12 kilometrni tashkil etadi.
2020-2021 yillarda Farg'ona viloyatining So'x tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora tadbirlari Dasturiga asosan tumanda 160 km shag'al qoplamali yo'llarni sementobeton qoplamaga o'tkazish va asfalьt qoplama yotqizish, 106 km tuproq yo'llarni shag'al qoplamaga o'tkazish va 40 km sementobeton piyodalar yo'laklarini qurish, shundan, 2020 yilda 96 km yo'l va 20 km piyodalar yo'laklari, 2021 yilda 170 km yo'l, 20 km piyodalar yo'laklarini qurish va ta'mirlash ishlari olib borilishi ko'rsatib o'tilgan. Bu maqsadlarga 104,1 milliard so'm mablag' yo'nalitiriladi.
-“Bunday ezgu tashabbus va e'tibordan barcha Hazrati Ali mahallasida yashovchi fuqarolarimiz ham minnatdor, chunki bizning mahallada ham nosoz ahvolga tushib qolgan itchki yo'llar ta'mirlandi, endilikda hududimizda piyodalar uchun trotuar tashkil etish ishlari boshlab yuborildi. Bu albatta, xalqimizning chekchiz quvonchiga sabab bo'lmoqda”,-deydi Hazrati Ali mahalla fuqarolar yig'ini raisi Subhonali Nishonov. Ayni kunda mahallaning markaziy ko'chasiga piyodalar uchun trotuar yotqizish ishlariga start berildi.
Sux tumani hokimligi Axborot xizmati