Asosiy maqsad – aholi muammo va kamchiliklarini bartaraf etilishida ko'maklashish
2020-09-12 17:15:39 192
Asosiy maqsad – aholi muammo va kamchiliklarini bartaraf etilishida ko'maklashish
Har bir rahbarning zimmasiga bugun xalqqa xizmat qilish, aholi dardu muammolari bilan yashash va albatta, mavjud kamchiliklarni bartaraf etishdek mas'uliyatli vazifalar qo'yilgan. Bu mas'uliyatli vazifalar inson manfaatiga qaratilgani bilan ham ahamiyatlidir.
Kuni kecha O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Xalq Qabulxonasi Sux tumani bo'limida tuman hokimining qabuli o'tkazildi. Karantin cheklovlari yumshatilayotgan pallada bu tadbirning o'tkazilishi xalq manfaatiga xizmat qilishi hech kimga sir emas. Chunki koronavirus pandemiyasi davrida aholi o'rtasida ancha-muncha muammo va kamchiliklar to'planib qolgani ham rost gap. Sux tumani ichki ishlar bo'limi boshlig'i Q. Rahimberdiyev ishtirokida bo'lib o'tgan qabulda murojaatlarning ko'p qismi joyida qanoatlantirildi.
-“Men Sharqobod mahallasida yashayman. Pandemiya davrida asosiy faoliyatimiz – tadbirkorlikdan ham ayrilib qoldik. Sabab mablag' yetishmovchiligi. Turmush o'rtog'im kasalmand. Ustiga ustiak farzandim ham xastalik yostig'iga mixlanib qolgan. Dori-darmonsiz kuni o'tmaydi. Nogiron. Anchagina qiynalib qoldik. O'g'limni davolash va unga maxsus tibbiy uskunani olishimizda amaliy yordam bersangiz”, - deya muroojaat qildi tuman hokimiga Sharqobodlik Anorxon Karimova. Murojaatdan so'ng, imkoniyat doirasida bu oilaga modiy ko'mak ko'rstaish, shuningdek, nogiron farzandiga maxsus tibbiy uskunan olib berishadigan bo'ldi. Shuningdek, bemor tuman tibbiyot markazida davolanadigan bo'ldi.
Qabulda fuqarolar asosan tibbiy yordam olish, bolalar nafaqasi, ishga joylash, tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun bank krediti ajratish, yer masalasi, oilaviy masalalar bo'yicha tuman hokimiga murojaat etishdi. Murojaat etgan aksariyat fuqarolarning muammo va kamchiliklarini hal etish bo'yicha tuman hokimi mutasaddi tashkilot-korxona, muassasalar rahbarlariga topshiriqlar berdi. Fuqarolar Zarifa Majnunova, Abdusattor Sherov, Tojiboy Fozilovlar ushbu qabuldan xursand bo'lishdi, chunki ularning muammolari tuman hokimi ko'magida hal etildi.
Sux tumani hokimligi Axborot xizmati