Suxda O'zbekiston-Qirg'iziston vakillarining uchrashuvi bo'lib o'tdi
2020-09-12 16:43:00 266
Suxda O'zbekiston-Qirg'iziston vakillarining uchrashuvi bo'lib o'tdi
Kuni kecha Sux tumani Chashma mahalla fuqarolar yig'ini hududidagi 11-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida O'zbekiston Respublikasi Sux tumani va Qirg'iziston Respublikasi Qadamjoy tumanlari vakillarning uchrashuvi bo'lib utdi.
Uchrashuvda Sux tumanidan tuman hokimi S.Sayidmusayev, tuman prokurori F.Abduvaliyev, tuman ichki ishlar bo'limi boshlig'i, polkovnik Q.Raximberdiyev, 9208-harbiy qism komandiri M.Quchqarov, tuman hokimining chegara masalalari bo'yicha yordamchisi S. Homidjonov va Qirg'iziston Respublikasi tomonidan Qadamjoy tumani akimi vasifasini vaqtincha bajaruvchisi A.Jakparov, Qadamjoy tumani Yermulkkadastr boshqarmasi boshlig'i A.Matalipov, Birlik ayыli hukumatining raisi J.Maxkambayev, 2023-harbiy qism komandir o'rinbosari R.Sharupovlar ishtirok etishdi.
O'zaro do'stona ro'hda bo'lib o'tgan uchrashuvda ikki davlat manfaatlariga xizmat qiladigan masalalar, do'stlik va yaqin qo'shnichilik munosabatlarini mustahkamlash borasidagi takliflar muhokama etildi.
Uchrashuvda jumladan, Sux tumani Chashma mahalla fuqarolar yig'ini hududida yashovchi fuqaro Beknazarovlar oilasining joriy yil 31-may kuni Qirg'iziston va O'zbekiston fuqarolari o'rtasida bulib o'tgan tartibsizlik oqibatida talofat kurgan uyini ta'mirlash va qayta tiklash, birgalikda Chashma bulog'i va unining atrofidagi ariqlarini tozalash masalalari bo'yicha ikki tomon alohida to'xtalib o'tishdi.
-“Biz har doim tinchlik va totuvlik tarafdorimiz. Chunki mo'htaram Prezidentimiz tomonidan qo'shni davlatlar bilan do'stona munosabatlarni mustahkamlashga katta e'tibor berilmoqda. Ikki davlat manfaatiga xizmat qiladigan strategik loyihalarni amalga oshirish, o'zaro mehr-oqibat va rafoqat asosida do'stlik rishtalarini jonlantirish, do'stona munosabatlarni yanada kengaytirishga xizmat qiladigan turli ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarni o'tkazib, bir-birimizga yanada yaqin va jips bo'lib, yashab, faoliyat olib borishimiz lozim”,-dedi tuman hokimi S. Sayidmusayev uchrashuv chog'ida.
Qirg'iziston Respublikasi Qadamjoy tuman hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchisi A.Jakparov ham do'stlik rishtalarini mustahkamlashga doir fikr va takliflarini bayon etdi.
Uchrashuv davomida Chashma mahallasida yashovchi 3 oila - 11 kishidan iborat Beknazarovlar uyini tiklab berish masalasida ham fikrlar bildirilib, bu masala ikki tomon kelishuviga binoan hal etilishi ta'kidlandi. Shuningdek, Chashma bulog'i atrofida yangi istirohat bog'ini tashkil etish taklifi ham Qirg'iziston tomonidan oktyabrь oyida hal etilishi qayd etildi.
Ikki davlat chegaralarining kelishmagan hududida joylashgan Chashma bulog'idan oqayotgan ariqlarni tozalash ishlarini joriy yilning 16-sentyabr kuni ertalab soat 09:00da boshlanishi va ikkala davlat vakillari tomonidan uch nafardan vakil ajratilishiga kelishib olindi.
Kelishuvga binoan, Qirg'iziston Respublikasining Birlыk ayыli Qadamjoy tumaniga qarashli hududda futbol maydonchasi bunyod etiladi va bu ishlar joriy yilning 1-oktyabrga qadar Qirg'iziston Respublikasi loyihasi asosida amalga oshiriladigan bo'ldi. Mazkur taklif asosida qo'shma bayon tasdiqlanib, tantanali tarzda vakillarga topshirildi.
Shuningdek, Sux tumani Chashma mahalla fuqarolar yig'ini hududidagi Vargan masivida tik quduq o'rnatish ishlari boshlanagan, biroq, hozirgi paytda bu ishlar to'xtatilgan. Mazkur jarayon ikki davlat Gidrogeologiya komissiyasi xulosalariga asosan joriy yilning 12-sentyabr kunidan boshlab yo'lga qo'yilishiga kelishib olindi.
Qadamjoy tumani akimi vazifasini vaqtincha bajaruvchi A.Jakparov va Sux tumani hokimi S.Sayidmusayev ikki davlat o'rtasida turizimni rivojlantirish, do'stlik va birodarlik rishtalarni yanada mustahkamlash borasida o'zaro fikr almashdilar. A.Jakparov Qirg'iziston Respublikasi fuqarolarini Farg'ona, Qo'qon va viloyatimizning boshqa shaharlardagi ta'rixiy obidalar va ziyoratgohlariga sayyohatlarni tashkil etish taklifini berdi. Mazkur taklif yuzasidan 15 sentyabrь kuni 15 nafar qirg'izistonlik nuroniylar, shundan 5 nafari ayollar Farg'ona shahrining diqqatga sazovor joylarini ziyorat qilish maqsadida tashrif buyurishlari kelishib olindi.
Sux tumani hokimligi Axborot xizmati