Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 20 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Sux tumanida test imtihonlarini topshirish jarayonlariga tayyorgarlik qanday?

×

 2020-08-26 14:20:13    172

PDF yuklash
Chop etish


Sux tumanida test imtihonlarini topshirish jarayonlariga tayyorgarlik qanday?

         Sux tumanida oliy ta'lim maktablariga kirish uchun test imtihonlarini topshirish jarayonlariga tayyorgarlik qanday kechmoqda? Shu savolga javob topish maqsadida biz bugun tuman markaziy uyingohiga yo'l oldik. Tuman markaziy o'yingohida bo'lajak jarayonlarga tayyorgarlik ishlari aytish mumkin, qizg'in kechmoqda. Sux tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bӯyicha ӯrinbosari Bobosodiq Latipovning ma'lumotiga ko'ra, bo'lajak imtihonlarga tayyorgarlik tasdiqlangan reja asosida olib borilmoqda.

         Sux tumanida test topshirish jarayonlari ikki kun – 2 va 3-sentyabr kunlari bo'lib o'tadi. –“Zaruriy jihozlar – tungi yoritgich chiroqlari, ko'zatuv kameralarini o'rnatib bo'ldik. Bu ishlarda bizga tegishli korxona-tashkilotlar mutasaddilari yaqindan yordam berishdi. Yoshlar Ittifoqi Sux tuman Kengashi, tuman ma'naviyat va ma'rifat markazi mutasaddilari ham bu ishlarda judla faol. Tayyorgarlik jarayonlaridan har kuni tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev xabar olib turishadi. Bu yili tumanimizdan 2 995 nafar abituriyentlar ro'yixatga olingan. Prezidentimiz tomonidan yaratib berilgan ajoyib imkoniyat va faqat Suxlik yosh talabalarga bergan 500 ta kvota barcha Suxliklarning shodligi va xursandchiligiga sabab bo'lmoqda. Buning uchun barcha Suxliklar nomidan mo'htaram Prezidentimizga samimiy  minnatdorchilik bildiramiz”, - deydi Bobosodiq Latipov.

         Shuni ham alohida ta'kidlash lozimki, ertaga, 2020 yilning 26 avgustidan boshlab bo'lajak talabalarning amaliy imtihonlar topshirish jarayonlari boshlanadi. Viloyat miqyosida OTMlarga hujjat topshirgan Suxlik talabalar amaliy imtihonlarni Sux tumanida topshirishadi. Eslatib o'tamiz, Suxlik talaba-yoshlar 2 va 3-sentyabrь kunlari OTMlarga kirish uchun tuman markaziy o'yingohida test imtihonlari topshirishadi. Barcha zaruriy jihozlar belgilangan me'yor va joriy etilgan karantin tartib-qoidalariga muvofiq o'rnatilgan. Yangiliklar haqida albatta Sizlarni xabardor etamiz.

                   Sux tumani hokimligi Axborot xizmati