Saxovat saodat kalitidir
2020-07-27 19:42:07 180
Saxovat saodat kalitidir
Koronavirus pandemiyasi davrida aholining kam ta'minlangan, ehtiyojmand qatlamiga moddiy va ma'naviy ko'mak ko'rsatish, ularni har tomonlama qo'llab-quvatlash bo'yicha alohida tizim yaratilgan. Ushbu tizim orqali bugungi kunda tumanimizda ezgu va xayrli ishlar amalga oshirilmoqda. “Saxovat va ko'mak” umumxalq xayriya harakati doirasida amalga oshirilayotgan ishlar ehtiyojmand fuqarolar ko'ngliga bir olam shodlik va quvonch bag'ishlamoqda desak, mubolag'a emas.
-“Xabaringiz bor, iyunь oyidagi voqealarda bizning oila boshpanasiz qoldi. Chunki xonadonimiz ayni chegarada joylashgan. Eng avvalo, Prezidentimizga, homiylarga, tuman hokimligiga mingdan-ming rahmat, bizlarni e'tiborsiz qoldirishmadi. Vaqtincha uyga ko'chib o'tganimizda ham tuman hokimligi mutasaddiylari bizdan har doim xabar olib turishdi. Mana, bugun ham tuman mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash bo'limi mutasaddiylari oziq-ovqat mahsulotlari, shuningdek, un va yog' olib kelishdi. Xudo xohlasa, yaqinda yangidan qurilgan uyimizga ko'chib o'tamiz”, - deydi Chashma mahallasida yashovchi fuqaro Ulmasoy Begnazarova.
Ha, bunday e'tibor tuman hududidagi barcha ehtiyojmand oilalarga ko'rsatilmoqda. Jumladan, bunday ezgu amallarda saxovatpesha tadbirkorlarimiz namuna ko'rsatishmoqda. Yaqinda Sohibkor mahallasida yashovchi fquqaro – tadbirkor Rahimali Jo'rayev homiyligida hududdagi 14 ta ehtiyojmand oilalarga un va yog', shuningdek, oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi. Shuningdek, Mulgon mahalla fuqarolar yig'inida yashovchi F. Jo'rayev xonadoniga ham xudi shunday ko'mak ko'rsatildi.
Tumanimiz mirishkorlari bu yili ham davlatga g'alla sotish shartomasini bajardilar. “Ozod” shirkat xo'jaligi raisi Mo'soboy Sotivoldiyev tashabbusi bilan birinchi sektorda yashovchi 12 ta kam ta'minlangan oilalarga 100 kilogrammdan – jami 1 200 kilogramm bug'doy ehson sifatida tarqatib berildi. –“Eng avvalo, tumanimiz hokimi Sayidbahrom Sayidmusayevga rahmat. Chunki u kishining e'tibori tufayli bugun shirkatimiz raisi bizga 100 kilogramm bug'doy ehson qildi. Iloyim, mirishkor dehqonlarimizning xirmoniga baraka ato etsin. Planlarimizni har doim ortig'i bilan bajarishsin”,- deya duoga qo'l ochishdi Qal'achalik Dilrabo Haydarova. Ha, bugun ona tabiat ato etgan tiriklik ramzidan barcha oilalar bahramand bo'lishayotir.
Qurbon hayiti arafasida qilingan har bir ehson eng xayrli va savob amallardandir. Hushyor mahallasida joylashgan “Tojmahal” jome masjidi imom-xatibi Mujibali Atayev ham o'z hisobidan 7 nafar kam ta'mnlangan fuqarolarga 700 000 so'mlik go'sht mahsulotlari taqdim etdi. Bunday ehsonlardan bahramand bo'lgan fuqarolarning tillari va dillarida faqat bir so'z – shukronalik mujassam. “Oltin olma, duo ol” degan maqol bugun qilinayotgan ezgu ishlar jarayonida o'zining amaliy isbotini topayotir.
Sux tumani hokimligi Axborot xizmati