Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 37 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Epidemilogik vaziyatni barqarorlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar

×

 2020-07-23 18:42:43    182

PDF yuklash
Chop etish


Epidemilogik vaziyatni barqarorlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar

         Bugun biz butun dunyo hamjamiyati qatorida katta sinovni boshimizdan o'tkazyapmiz. Koronavirus pandemiyasi butun dunyoni larzaga solib, afso'ski, davom etmoqda. Bu ofatga qarshi kurashish choralarini ko'rish barobarida, Respublikamizda jahonning ilg'or tajribalarni o'rganib, aholi salomatligini saqlashga qaratilgan tizimli chora-tadbirlar ham xalqimiz manfaatini ko'zlab amalga oshirilayotganligi bilan ham ahamiyatlidir. Zero salomatlik tuman boylikdir va butun bir xalq sog'ligini saqlash, jamiyatda sog'lom turmush tarzini ta'minlash davlat ahamiyatidagi eng asosiy masala hisbolanadi.

         Koronavirus pandemiyasi davrida har bir fuqaro salomatligiga alohida e'tibor qaratishdek g'amxo'rlik mo'htaram Prezidentimizning odilona va oqilona siyosattining yaqqol namunasidir.

         Tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi harakatlarni izchil davom ettirish, aholi bandligini ta'minlash, tadbirkorlarni qo'llab-quvvatlash, odamlarning doimiy daromadini kamayishiga yo'l qo'ymaslik maqsadida karantin qoidalari yumshatildi. Bu qisqa muddatda tuman iqtisodiyoti to'xtab qolmasligi uchun barcha choralar ko'rildi, ko'plab ish o'rinlari qayta tiklandi. Eng asosiysi, yoshlar va xotin-qizlar bandligini ta'minlashga qaratilgan chora-tadbirlar o'zining ijobiy samarasini bermoqda.

         Pandemiya tarqalishining sur'ati kundan kunga oshib borayotgani, ayniqsa, xorijiy mamlakatlar va qo'shni davlatlardagi bugungi holat har birimizni ogohlikka va hushyorlikka chorlaydi. Tumanimizda kasallikka chalinish holatlari bo'lmasada, lekin biz har doim ogoh bo'lishimiz lozim, Respublika maxsus komissiyasi tomonidan qabul qilingan karantin cheklovlari va tartib–qoidalariga qat'iy rioya etishimiz kerak.

Buning uchun tumanimizda tibbiy xizmat ko'rsatish, koronavius infektsiyasiga qarshi kurashish va oldini olish bo'yicha imkoniyat darajasida sharoitlar yaratib qo'yilgan. Hozirda Sux tumanida tumanning Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazida fuqarolardan tahlil natijalari olinmoqda. Pandemiya davrida jami 1 ming 500 taga yaqin test natijalari olindi va kunlik bu ishlar davom ettirilmoqda.

Aholi xonadonlari, tashkilot va muassasalar, odamlar gavjum bo'ladigan maskanlarini dezinfektsiya qilish uchun 2 ta maxsus texnikalar jalb etilgan. Zararsizlantirish ishlarini tizimli olib borish chun qo'shimcha 100 nafar fuqarolar shartnoma asosida ishga qabul qilingan. Shuningdek, sanitariya epidemiologiya osoyishtaligi markazining 40 nafar xodimi har bir sektor kesimida biriktirilib, reja asosida kunlik dezinfekiyalash ishlarini olib bormoqda.

         Tumanimizning Hushyor mahallasida joylashgan yuqumli kasalliklar shifoxonasida bemorlarni davolash uchun 25 o'rinli tabobat maskani bunyod etilgan. Shuningdek, ushbu shifoxonaga tutash bo'lgan ikkita bino ham zamonaiy ta'mirlanib, foydalanishga topshirilgan va 60 o'ringa mo'ljallangan bu shifo maskanida izolyatstsiyaga olingan bemorlar davolanadi.

         Tumanimizdagi 10 ta ijtimoiy va xususiy dorixonalarda 61 turdagi dori turlari yetarli darajada zaxira qilingan. Hukumatimizning alohida tumanimizga bo'lgan e'tibori tufayli yaqinda tumanga 11 xildagi tibbiyot vositalari olib kelindi. Shuningdek, 5 nafar shifokorlarning safarbar etilishi ham tumanda epidemiologik vaz'iyatni barqarorlashtirishga qaratilgan.

                   Sux tumani hokimligi Axborot xizmati