Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 19 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Sux tumanida koronavirusga chalinganlar bor(mi?)

×

 2020-07-22 19:55:33    184

PDF yuklash
Chop etish


Sux tumanida koronavirusga chalinganlar bor(mi?)

         Koronavirus infektsiyasi tarqalishi oldini olish va bu kasallikka qarshi kurashishda targ'ibot-tashviqot ishlarining ham katta ahamiyati bor. Tumanimizda bu yo'nalishda tuman madaniyat ishlari bo'limi xodimlari  namuna ko'rsatishmoqda.

         -“Bizning xodimlarimiz mutasaddiy tashkilotlar bilan hamkorlikda targ'ibot-tashviqot ishlarida faol qatanshmoqda. Madaniyat bo'limi xodimlari zaruriy texnik vositalar bilan ta'minlangan. Mahallalar hududida sayyor radiostantsiyalar orqali aholi orasida tashviqot ishlarini olib borayapmiz. Albatta, kasallikni oldini olinishida bunday ishlarning samaradorligi sezilmoqda. Xodimlarimizga alohida-alohida hududlar biriktirib berilgan”, - deydi biz bilan so'hbatda tuman madaniyat bo'limi mudiri Ilhomjon Abdumajidov.

         Darhaqiqat, bugun biz sinovli kunlarni boshdan kechirmoqdamiz. Ogohlik va hushyorlikni unutmasligimiz, karantin tartib-qoidalariga qat'iy rioya etmog'imiz lozim. Aytish lozimki, Sux tumanida koronavirus infektsiyasi tarqalishini oldini olish, ushbu kasallikni tuman hududiga kirib kelishiga yo'l qo'ymaslik bo'yicha keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda.

         Tuman SEOM xodimlari tomonidan bugun Hushyor, Hazrati Ali, Sux, Guliston, Lenbur, Tul, G'aznov, Istiqlol, Rovon, Sharqobod, Oftbru, Navobod, Zangat mahalla fuqarolar yig'ini hududida joylashgan 604 ta xonadon, 801 ta avtomobilь, 23 ta savdo do'konlari dezinfektsiya qilindi. SEOm xodimlari tomonidan 72 nafar bir oylik xizmatdan qaytgan va 35 nafar harbiy xizmatchilar Chashma chegara nazorat-o'tkazish postidan qabul qilinib, uy karantiniga olindi.

         Bugun ko'cha-ko'yda, ijtimoiy tarmoqlarda “Sux tumanida koronavirus infektsiyasiga chalingan bemorlar bormi yo yo'qmi?” degan savollar ko'p yangramoqda. Tuman tibbiyot birlashmasining ma'lumotiga ko'ra, bugungi kunda o'z uylarida karantinga olingan 51 nafar fuqarolarning 14 kunlik karantin muddati tugab, hisobdan chiqarildi va 19 iyulь kuni viloyatdan kelgan 8 nafar fuqaro ham o'z navbatida uy karantiniga olindi. Ayni paytda 206 nafar fuqaro tibbiy xodimlar nazoratiga olingan. Hozir tumanda 7 nafar fuqaro koronavirus infektsiyasiga gumonlanib, Hushyor yuqumli kasalliklar bo'limga yotqizilgan va ular bilan muloqotda bo'lgan 19 nafar fuqaro ham ushbu shifoxonaning izolyatorida nazoratga olingan.

         Yana bir narsani ta'kidlashni joyiz deb bilamiz. Bugun 22 iyulь kuni soat 18-30 da tuman hokimligiga Sux tumani jonlantirish bo'limi xodimlari tomonidan telefon orqali murojaat kelib tushdi. Tibbiyot xodimlarining bildirishicha, fuqarolar reanimatsiya bo'limiga “Koronavirus infektsiyasiga chalingan bemorlar haqida to'g'ri va to'liq ma'lumot beringlar, nimaga bizdan kasallikka chalingan bemorlarning sonini yashirishmoqda” kabi savollarni berishgan.

         Aziz yurtdoshlar! Aslo vahimaga tushmang! Chunki vahima bilan kasallik sonini kamaytirib bo'lmaydi. Bizning asosiy vazifamiz karantin cheklovlariga qat'iy rioya etish, uyda qolib, o'zimiz va yaqinlarimiz salomatligini asrashdan iborat. Ehtiyotkorlik kasallikni oldini olinishida eng asosiy vosita hisoblanadi. To'g'ri, butun dunyoda bo'layotgani kabi, bizning Respublikamizda ham pandemiyaning tarqalishi kundan kunga oshib bormoqda. Bevosita Respublikamiz hukumati, Prezidentimiz tomonidan infektsiya tarqalishini oldini olish bo'yicha tizimli ishlar olib borilmoqda. Salomatlik bebaho ne'mat. Sog'ligingizni asrang. Vahimaga tushmang, ogohlikni kuchaytirib, hushyorlikni qo'ldan boy bermang.

         Kasallik bizning hududda yo'q deb ham beparvo bo'lmasligimiz lozim. Chunki infektsiya tarqalmasligiga hech kim kafolat bermaydi. Shuning uchun, uyda qoling, karantin cheklovlari va tartib-qoidalariga qat'iy rioya eting!

                   Sux tumani hokimligi Axborot xizmati