Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 94 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Mahalladagi 30 yillik muammo o'z yechimini topmoqda

×

 2020-07-17 18:14:09    131

PDF yuklash
Chop etish


Mahalladagi 30 yillik muammo o'z yechimini topmoqda

         -“2020 yilning o'tgan olti oyi davomida mahallamizda ko'p  obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Ayniqsa, oxirgi bir oy davomida bajarilgan ishlar haqiqatan ham e'tirof etishga loyiq. Bugun Prezidentimizning bevosita topshiriqlari asosida tumanimizda, ayniqsa, bizning mahallamizda ham keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu esa, xalqimizning xaqli ravishdagi roziligiga omil bo'layotir. Shuningdek, Respublikadan tashrif buyurgan ishchi guruh tomonidan aniqlangan muammo-kamchiliklarni bartaraf etilishi ham barchani birdek quvontirayapti. Men mahalla raisi va deputat sifatida berilayotgan bunday e'tibor uchun xalqimiz nomidan Yurtboshimizga minnatdorchilik bildiraman”-deydi Hazrati Ali mahalla fuqarolar yig'ini raisi Subhonjon Nishonov.

         Darhaqiqat, bugun tuman uzra asrga tutigulik ishlar amalga oshirilmoqda. Muammolar va mavjud kamchiliklar ham bosqichma-bosqich hal etilyapti.

         Shuni alohida ta'kidlash lozimiki, mazkur mahallada ichimlik va sug'orish suvi ta'minotidagi muammolar kecha va yoki bugun paydo bo'lgani yo'q. Xususan, Zarmiyon ko'chasida yashaydigan aholini suv tanqisiligi muammosi salkam 30 yildirki, o'z girdobiga olgan. Bu haqda mahalla ahli mahalla raisi va bevosita sektor rahbari – tuman prokurori Farhodjon Abduvaliyevga murojaat etishgan. Murojaatlar samarasi o'laroq, 30 yillik kamchilik bugun bartaraf etish bo'sag'asida turibti.

         Zarmiyon ko'chasida tik quduq qazish ishlari boshlab yuborildi. Mahalla raisining ma'lumotiga ko'ra, tik quduq barpo etish ishlariga davlatimiz tomonidan 291 milion so'm mablag' ajratilgan. Agar loyiha amalga oshsa, 60 metr chuqurlikdan tortib olinadigan obi hayotdan mahalladagi 180ta oila bahramand bo'lishadi. Mutaxassislarning ma'lumotiga ko'ra, har bir xo'jalik uchun tomchilab sug'orish tartibi joriy etilib, aholining ichimlik suviga bo'lgan talabi ham to'liq qondiriladi. Qilinayotgan barcha ishlar xalqimiz manfaatini ko'zlab amalga oshirilayotgani bilan ham ahamiyatlidir.

                   Sux tumani hokimligi Axborot xizmati