Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 32 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Qabul kvotalari tasdiqlandi

×

 2020-07-17 14:32:06    293

PDF yuklash
Chop etish


Qabul kvotalari tasdiqlandi

         12 iyunь 2020 yili Prezidentimizning “2020/2021 o'quv yilida O'zbekiston Respublikasining oliy ta'lim muassasalariga o'qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to'g'risida”gi PQ-4749-sonli qarori qabul qilindi. Mazkur qarorga asosan 2020/2021 o'quv yili uchun  oliy ta'lim muassasalariga qabul kvotalari tasdiqlandi:

- kunduzgi ta'lim shakliga – 103 575 nafar;

- sirtqi ta'lim shakliga – 31 350 nafar;

- kechki ta'lim shakliga – 5 25 nafar.

-         magistratura –                                                              10 425 nafar.

         Bundan tashqari, So'x tumanida istiqomat qiluvchi bitiruvchilariga OTMlarga kirishda alohida 500ta davlat granti kvotasi beriladi;

Davlat komissiyasi natijalarga qarab eng yuqori ball olgan 500 nafar abituriyentni tanlab, o'qishga tavsiya etadi.

         Hammasi belgilangan kvota qoidalari bo'yicha amalga oshiriladi. Bu holat Suxliklarni tavsiyanomasi bor abituriyent sitfatida deb tushunish mumkin, ular o'qishga birinchi navbatda Prezidentimiz tasdiqlab bergan 500 ta o'ringa davlat granti bo'yicha o'qishga tavsiya etiladi. Qolgan So'xliklar olgan ballariga muvofiq ro'yxatdan o'tish jarayonida tanlagan 5 ta ta'lim yo'nalishi bo'yicha umumiy tartibda tanlovlarda ishtirok etish huquqiga ega bo'ladi.

         Shuningdek, kam ta'minlangan ayollar va ularning farzandlariga alohida 800ta davlat granti uchun kvota ajratiladi.

         Kirish test sinovlari abituriyent tanlagan bakalavriat ta'lim yo'nalishiga mos ikkita fandan o'tkazilishi belgilangan.

                            B. Enazarov – Sux tuman adliya bo'limi

                                                     bosh maslahatchisi