Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 15 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SAYHUNOBOD TUMANI TAJRIBASI SARIKANDA MAHALLASIDA

×

 2024-04-16 08:33:57    239

PDF yuklash
Chop etish


Sayhunobod tumani tajribasi Sarikanda mahallasida

Ayni kunda mahallalarda Sayhunobod tumani tajribasini amalga tatbiq etish, aholi bandligini ta'minlash va tomorqadan samarali foydalangan holda manfaatdor bo’lish bo’yicha bizning tumanimizda ham amaliy ishlar qilinmoqda. Bu yo’nalishda olib borilgan targ’ibot ishlarining natijadorligi namoyon bo’layotir.

Sarikanda mahalla fuqarolar yig’inida bo’lgan tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev mahalla yettiligi ishtirokida Sayhunobod tajribasi asosida olib borilayotgan ishlarni “xonadonbay” tizimi asosida ko’zdan kechirdi. Mahalla hokim yordamchisi Mehtarjon Ma'rufjonovning so’zlariga ko’ra, bog’dorchilik va chorvachilik mahallaning drayveri hisoblanib, ushbu yo’nalishda ham amaliy ishlar qilinmoqda.

- Ota-bobolarimiz tajribasi va Sayhunobod tumani usuli asosida Prezidentimiz belgilab bergan ezgu tashabbus albatta, bizning, har bir fuqaroning manfaatdorligiga xizmat qiladi. Berilayotgan e'tibordan samarali foydalanib, tomorqamizning har bir qarichidan unumli foydalanishga harakat qilishimiz shart va zarur, - deydi dehqon farzandi bo’lgan va bir necha yil qishloq xo’jaligida faoliyat olib borgan Dehqonboy Safarboyev.

Tuman hokimi bir necha xonadonlarda bo’lib, fuqarolar bilan mazkur mavzu bo’yicha suhbatladi va o’z takliflarini ham berdi. Kam ta'minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar holidan ham xabar olindi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati






Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram