Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 19 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

KARTOSHKA EKISH MAVSUMI BOSHLANISHI MUNOSABATI BILAN AMALIY SEMINAR TASHKIL ETILDI

×

 2024-03-28 15:21:09    365

PDF yuklash
Chop etish


Kartoshka ekish mavsumi boshlanishi munosabati bilan amaliy seminar tashkil etildi

So’x tumani qishloq xo’jaligiga ixtisoslashgan tuman hisoblanadi va Respublika miqyosida o’zinig kartoshkasi bilan dong taratgan tumanlardan. Tumanimizda kartoshka ekishning o’ziga xos maktabi yaratilgan desak, aslo mubolag’a qilmagan bo’lamiz.

Tumanimizda qishloq xo’jaligi ziroatlari - ekin ekish ishlari mavsumi kartoshka ekish bilan boshlanadi. Bugun tumanning “Ozod” shirkat xo’jaligidagi bobodehqonlar birinichilardan bo’lib kartoshka ekish ishlarini boshlab yuborishdi.

Kartoshka ekish mavsumi boshlanishi munosabati bilan tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev ishtirokida amaliy seminar o’tkazildi. Mutaxassislar tomonidan kartoshka parvarishi bo’yicha kerakli ma'lumotlar yetkazildi va yaxshi niyatlar bilan yerga birinchi kartoshka urug’i qadaldi.

Tuman hokimi o’rinbosari Muslimbek Mavlonbekovga ko’ra, bu yili tumanimizda 500 gektar yer maydoniga kartoshka ekish va bundan 10 250 tonna hosil olish rejaga kiritilgan. Tuman bo’yicha bu ishlarga 10 ta texnika jalb etilgan.   

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati






Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram