Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 75 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TUMAN HOKIMI MAKTAB VA MAKTABGACHA TA'LIM MUASSASASIDAGI ISHLARNI KO’ZDAN KECHIRDI

×

 2023-05-23 17:29:29    64

PDF yuklash
Chop etish


Tuman hokimi maktab va maktabgacha ta'lim muassasasidagi ishlarni ko’zdan kechirdi

Bugun tuman hokimi Qal'acha mahalla fuqarolar yig’inidagi 20-sonli umumiy o’rta ta'lim maktabida bo’ldi. Ta'lim dargohida olib borilayotgan ishlarni ko’zdan kechirgan tuman hokimi maktab pedagogik jamoasi va yuqori sinf o’quvchilari bilan muloqot qildi.

Muloqot chog’ida maktabda 25 may kuni bo’lib o’tadigan “So’nggi  qo’ng’iroq” tadbiriga tayyorgarlik ko’rish, tadbirni uyushqoqolik va ko’tarinkilik bilan o’tkazish, tadbirni belgilangan tartib va qoidalarga mos ravishda o’tkazish, o’zboshimchalik va loqaydlikka yo’l qo’ymaslik bo’yicha gapirildi va bu bo’yicha ta'lim dargohi ma'muriyatiga qat'iy topshiriqlar berildi. Oldinda bo’lib turgan imtihon jarayonlarini ham yuqori saviyada o’tkazish maktab ma'muriyatidan mas'uliyat va tashabbuskorlik talab etilishi qayd etib o’tildi.

Tuman hokimi shuningdek, mahalladagi 20-sonli maktabgacha ta'lim muassasasida bo’lib, bu yerda ham muassasa mutasaddilari bilan uchrashdi va eng avvalo, bolalarni ovqatlantirishga alohida e'tibor qaratish lozimligini ta'kidladi. Tuman hokimi muassasada olib borilayotgan tarbiyaviy ishlarni ham ko’zdan kechirdi va bu bo’yicha tegishli mutasaddi rahbarlarga vazifa va ko’rsatmalar berdi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram