Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 28 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

EHTIYOJMAND FUQAROLARGA AMALIY YORDAM KO’RSATILDI – ULARGA OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARI YETKAZIB BERILDI

×

 2023-05-19 20:16:29    63

PDF yuklash
Chop etish


Ehtiyojmand fuqarolarga amaliy yordam ko’rsatildi – ularga oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining So’x tumani Xalq qabulxonasida o’tkazilgan navbatdagi tuman hokimi qabulida murojaatlarning bir qismini moddiy yordam masalasi tashkil etdi. Hokim ko’rsatmasiga asosan ushbu murojatlarni ijobiy hal etish maqsadida tuman “Mahalla” xayriya jamoat fondi qoshida tashkil etilgan “Saxovat va ko’mak” jamg’armasi hisobidan murojaat qilgan barcha fuqarolarga oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi.

Tumanning Qizilqiyoq, Qaqir, Rovon, Istiqlol, Hushyor, Lenbur mahallasida yashovchi fuqarolarga oziq-ovqat mahsulotlari bevosita “Mahalla” xayriya jamoat fondi mutasaddilari ishtirokida manzilli yetkazib berildi. Shunday amaliy ko’mak tumanning sektorlar kesimidagi mahallalarga ham ko’rsatiladi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram