Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 36 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

YOSHLAR BILAN ISHLASH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH – DAVR TALABI

×

 2023-05-18 18:25:47    71

PDF yuklash
Chop etish


Yoshlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish – davr talabi

Respublikamizda yoshlar masalasiga davlat siyosati darajasida e'tibor berilayotgani barkamol avlodning porliq kelajagi, kelajagimiz vorislarining jamiyatda o’z o’rniga ega bo’lishlari mujassam. Yoshlar ishlari agentligi hududiy bo’lim boshliqlari hamda ma'sul hodimlari ishtirokida Marg’ilondagi "Raqamli texnologiyalar markazi" binosida yoshlar bilan yangicha tizimli ishlash mexamizmini yo’lga qo’yish yuzasidan bo’lib o’tayotgan seminar-treningda bizning So’x tumani vakillari ham ishtirok etishmoqda.

 

Ushbu o’quv-seminarni tashkil etishdan asosiy maqsad, og’ir toifadagi yoshlar bilan ishlash, ularning aniqlangan muammolarini hal etish bo’yicha namunali “Yo’l xaritasini” ishlab chiqish hamda uni amalga oshirish mexanizmlari bo’yicha tegishli ko’rsatma va topshiriqlar berib o’tishdan iborat. Malakali mutaxassislar iborat guruh tuman va shaharlar vakillariga mahorat darslari o’tishmoqda.

 

- So’x tumanidan kelgan ma'sullar bilan birgalikda seminarda o’rgangan bilim va ko’nikmalarimizni o’z sektorlarimiz hududidagi mahallalar yoshlar yetakchilari uchun o’quv-seminar tarzida tushuntirib beramiz. Yoshlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish bugungi avlod kelajagiga berilgan e'tiborning namunasidir, - deya bizga xabar bermoqda Sarikanda mahalla fuqarolar yig’ini yoshlar yetakchisi Dodohayit Hasanov.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram