Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 19 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

YOSH BOLALARNI NAZORATSIZ QOLDIRMANG!

×

 2023-05-06 17:31:05    63

PDF yuklash
Chop etish


Yosh bolalarni nazoratsiz qoldirmang!

So’x tumani favqulodda vaziyatlar bo’limining bizga bergan ma'lumotiga ko’ra, kecha 5 may kuni, soat 18-30da So’x tumani Navobod mahalla fuqarolar yig’inidan FV bo’limiga murojaat tushgan. Murojaatda yosh bola uyda yolg’iz qulflanib qolganligi haqida xabar berilgan.

Ko’rilgan tezkor choralar tufayli So’x tumani Navobod mahalla fuqarolar yig’ini “Xirmonteppa” ko’chasidagi ko’p qavatli uyning 17-raqamli xonadonda qolib ketgan 3 yoshli Nurbek ismli bola tuman FV bo’limi hodimlari tomonidan olib chiqilgan. Yosh bola qarovsiz qolib, o’zi uyga kirgan va eshik ichkaridan qulflanib qolib, ochishning imkoni bo’lmagach, tuman FV bo’limiga murojaat qilingan.

Hurmatli fuqarolar! Ogoh bo’ling va hech qachon yosh bolalaringizni qarovsiz qoldirmang!





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram