Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 12 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

PREZIDENTIMIZNING 408-SONLI QAROR TUFAYLI TUMANIMIZNING ENG CHEKKA HUDUDLARI HAM OBOD BO’LMOQDA

×

 2023-05-03 15:54:35    102

PDF yuklash
Chop etish


Prezidentimizning 408-sonli qaror tufayli tumanimizning eng chekka hududlari ham obod bo’lmoqda

Respublika hududlarini obod qilish, qishloq va mahallalarda infratuzilma bilan bog’liq eng dolzarb masalalarni tizimli hal etish, xususan, joylarda ichki yo’llar, ichimlik suv, elektr energiyasi va gaz ta'minotini, ta'lim, sog’liqni saqlash, madaniyat, sport va boshqa infratuzilma ob'ektlarini yaxshilash, shu asosda aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish maqsadida Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan 408-sonli qaror asosida So’x tumani miqyosida keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Qaror asosida tumanning aksariyat mahallalalarida umumiy qiymati 18 milliard 642 million 900 ming so’mlik ishlar amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Ayni kunda mazkur qaror asosida Saribozorcha mahalla fuqarolar yig’inida ham amaliy ishlar qilinmoqda. Mahallaning eng chekka hududlaridagi ichki ko’chalarda ham qaror asosida asfaltlashtirish ishlari olib borilayotir.

Saribozorcha mahalla fuqarolar yig’inidagi 2 kilometr uzunlikdagi ko’chalarni asfaltlashtirilishiga 1 milliard 959 million 200 ming so’m mablag’ yo’naltirilgan. Asfalt qoplamasi yotqizish ishlari sifatiga mahallada jamoatchilik nazorati asosida alohida e'tibor qaratilyapti.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram