Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 33 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

MAHALLA ARIG’INI TOZALASH MAQSADIDA HASHAR TASHKIL ETILDI

×

 2023-03-22 11:51:25    70

PDF yuklash
Chop etish


Mahalla arig’ini tozalash maqsadida hashar tashkil etildi

Xalqimizga xos bo’lgan umrboqiy an'ana va udumlar borki, ular bizga ota-bobolarimizdan yuksak meros sifatida o’tib kelmoqda. Mana shunday milliy udumlardan biri bu hashardir.


Hashar orqali xalqimiz ko’p xayrli ishlarni bajarishgan. Obodlik yo’lida qilingan barcha sa'y-harakatlar hashar orqali amalga oshirilgan.


- Istiqlol mahallasi aholisi ham har erta bahor ushbu betakror faslni xayrli ish va ezgu amallar bilan boshlaydilar. Bu yili hum ushbu an'anaga sodiq qolgan holda hudud arig’ini tozalash maqsadida bugun hashar tashkil etdik va bu tadbirda barcha mahallamiz ahli, ayniqsa, yoshlar fa'olik bilan ishtirok etishdi, - deydi mahalla hokim yordamchisi Xurshedjon Hisenov.


- Mahallamizning saxovatpesha homiylari ko’magida ariqni ta'mirlash uchun barcha zaruriy mahsulotlar yetkazib berildi. Mahalla hududidagi uzunligi salkam 12 kilometr bo’lgan kanalni tozalashda bugun barcha mahalla ahli bir yoqadan bosh chiqarib mehnat qilishmoqda. Aslida har yili bahor fasli boshida mahallada bir bo’lib, hashar yo’li bilan ariq tozalash mahalladoshlarimiz uchun an'ana tusiga aylanib qolgan, - deya so’zida davom etadi mahalla yoshlar yetakchisi Ahmadjon G’oyibov.

 So’x tumani hokimligi Axborot xizmati







Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram