Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 25 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HASHAR AJDODLARDAN AVLODLARGA MUNOSIB ULASHIB KELINAYOTGAN AZALIY MEROS

×

 2023-03-18 18:07:20    56

PDF yuklash
Chop etish


Hashar ajdodlardan avlodlarga munosib ulashib kelinayotgan azaliy meros

        Hashar ota-bobolarimizdan bizlargacha yetib kelgan umrboqiy va azaliy qadriyat sifatida e'tirof etiladigan, bizning xalqimizga xos bo’lgan milliy an'ana, haqiqiy xalqona udum hisoblanadi. Hashar odamlarni bir-biriga birlashtiradigan, insonlar orasida mahr-oqibatdek ezgu xislat va fazilatni mustahkamlaydigan kuchga ega qadriyatdir.

        Bugun Respublikamiz bo’ylab o’tkazilgan umumxalq xayriya hasharida barcha vatandoshlarimiz qatori So’xliklar ham faol ishtirok etib, Vatan obodligiga o’z hissalarini qo’shdilar. Tumanning barcha 27 ta mahalla fuqarolar yig’inida «Obod va fayzli mahalla – yurt ko’rki» shiori ostida obodonlashtirish va ko’kalamzorlashtirish hashari tashkil eildi.

        Mahallalar hududidagi barcha muqaddas qadamjolar, qabristonlarda tashkil etilgan hasharlarda barcha yoshu qari bir yoqadan bosh chiqarib, ishtirok etdilar.

        Barcha hududlarda kam ta'minlangan va ijtimoiy kumaka muhtoj oilalar holidan xabar olish maqsadida xayriya aktsiyalari tashkil etildi. Bnday oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari va pul mablag’laridan iborat ehsonlar yetkazib berildi.

        “Yashil makon” umumimilliy loyihasi doirasida asosan manzarali daraxtlar kuchatlari ekildi. Terak qalamchalari o’tqazildi. Hududlardagi ariqlar tozalanib, allaqachon meva berishga shaylangan daraxtlarga shakl berildi, oqlandi.

        Ayni kunda barchaning diqqat-e'tibori tumanimizning Javpaya massiviga qaratilgan. Ushbu mavzeda tuman hokimligi tashabbusi bilan yangi uzumzor barpo etilmoqda. Uzumzorga asos solish ishlari hashar yo’li bilan amalga oshirildi. Tuman hokimi boshchiligida tashkil etilgan hasharda mahalla faollari, harbiylar ham ishtirok etdilar.

        Xullas, mehnatga layoqati bor inson bugun ezgulik ramzi bo’lgan umumxalq xayriya hasharida faollik bilan ishtirok etdi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram