Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 10 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

ICHIMLIK SUVI TA'MINOTIDAGI MUAMMOLARNI BARTARAF ETISH CHORALARI KO’RILMOQDA

×

 2023-03-14 18:11:04    66

PDF yuklash
Chop etish


Ichimlik suvi ta'minotidagi muammolarni bartaraf etish choralari ko’rilmoqda

        Kuni kecha tumanimizga kelgan va aholiga toza ichimlik suvi yetkazib berish bo’yicha olib borilayotgan amaldagi ishlarni ko’zdan kechirgan “Yangi avlod” MChJ mutasaddilariga tuman hokimi o’rinbosari Sodiqjon Murzoyev tomonidan hududlardagi muammolar ko’rsatildi va amalga oshirilgan ishlar tahlil etildi. Tuman mahallalarida bo’lgan soha mutasaddilari ko’ndalang bo’lib turgan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish bo’yicha aniq choralar ko’rish shart va zarurligini anglagan holda “O’zsuvta'minot” MChJ tuman bo’limiga maxsus texniklarni safarbar etishga va'da berdilar.

        “O’zsuvta'minot” MChJ So’x tumani bo’limi bolshlig’i Farhodjon Azimbekovning bildirishicha, tumanga bugun “Yangi avlod” MChJ maxsus texnikalari yetib keldi va ushbu texnikalar yordamida qolib ketgan ishlar bajariladi. Tumanga asosan yer qazish va tarmoq tortish ishlari uchun ekskavatorlar yetkazib berildi.

        Tumanimizda soha mutasaddilari tomonidan ko’rilgan choralar asosida yuzaga kelgan kamchiliklarni bartaraf etish ishlari boshlab yuborildi. Hazrati Ali mahallasida ayni kunda suv tarmog’iga ulangan xonadonlarga suv hisoblagich o’rnatish ishlari olib borilmoqda.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram