Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 35 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SEBZOR MAHALLASIDA AYOLLAR BAYRAMI TADBIRI O’TKAZILDI

×

 2023-03-06 18:47:14    67

PDF yuklash
Chop etish


Sebzor mahallasida ayollar bayrami tadbiri o’tkazildi

3-sektor hududidagi Sebzor mahalla fuqarolar yig’inida 8-mart - Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag’ishlab o’tkazilgan bayram tadbirida ishtirok etgan nuroniy momojonlar, barcha xotin-qizlar va ayollarga bayram ziyofati tashkil etildi. Bayram tadbiri bir piyola choy ustida va mahalliy yosh san'atkorlar va san'at g’unchalarining chiqishlari bilan fayzli o’tdi.

Tadbirda so’z olganlar barcha mahalla ayollarini bayram bilan tabriklab, Respublikamizda Prezidentimiz tomonidan berilayotgan barcha imkoniyatlardan samarali foydalanib, barcha jabhalarda sidqidildan faoliyat olib borish va Vatanga sadoqat bilan xizmat qiladigan kadrlarni voyaaga yetkazish eng avvalo onalar qo’lida ekanligini ta'kidladilar. Tadbir davomida mahalla mutasaddilari barcha jabhada faol bo’lgan xotin-qizlarga mahalla fuqarolar yig’ini faxriyanomalari hamda esdalik sovg’alarini taqdim etdilar.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati






Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram