Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 19 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

MAHALLALARDA ONALARIMIZDAN QOLGAN EZGU VA XAYRLI AMALLARGA YANGI RUH VA JON KIRITILMOQDA

×

 2023-03-04 16:04:34    76

PDF yuklash
Chop etish


Mahallalarda onalarimizdan qolgan ezgu va xayrli amallarga yangi ruh va jon kiritilmoqda

So’x tumanida ajoyib bir xalqona udum bor. Bahor fasli kelishi bilan mahalla guzarlariga chiqgan ayollar va xotin-qizlar birlari un, yana birlari yog’, ba'zilari o’tin yoki boshqalari doshqozon ko’tarib kelib, chalpak pishiradilar. Chalpak  - yupqa nonning bir turi va juda ham xushxo’r. Ushbu an'anaga sodiq qolgan holda bugun tumanimizning barcha mahallalarida onajonlarimiz chalpak pishirishdi.

Chalpak pishirish tadbirlarida ishtirok etgan tuman hokimi va boshqa mutasaddilar onaxonlarga minnatdorchilik bildirishdi. Ushbu an'ananing o’ziga xos ramziy ma'nosi bor. Bahor kelishi bilan chalpak pishirib, yo’lovchilarga ulashilsa, o’sha hudud balo-qazodan yiroq bo’larkan, qishloq xo’jaligi mahsulotlaridan mo’l-ko’l hosil olinarkan.

Tabiiy ofatlar yuzaga kelganda, yurt boshiga biron ish tushganda va albatta, bayram va milliy tantanalarda bizning ayollarimiz bir joyga jam bo’lib, chalpak pishirishadi.   Albatta, yaxshi niyat bilan qilingan har bir harakat va yumushda ramziy ma'no va ezgu maqsad mujassam – bu inson farzandiga xos bo’lgan eng oliy fazilat.

Iloyim, hayotimiz farovon, ro’zgorimiz but, osmonimiz musaffo bo’lsin! Farzandlarimiz quvonchi va kamolotini ko’rish barchamizga nasib etsin!

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram