Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 26 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTIDA ONAJONLAR BAYRAMI O’TKAZILDI

×

 2023-03-04 15:54:05    93

PDF yuklash
Chop etish


Maktabgacha ta'lim tashkilotida onajonlar bayrami o’tkazildi

“Olamda ayol madhiga doston tugamaydir”. 1-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida onajonlar bayramiga ttashkil etilgan bayram tadbiri ayni ushbu qo’shiq bilan boshlandi. Tumanimizda 8-mart bayramiga bag’ishlangan tadbirlar bugundan boshlanib ketdi. Birinchilardan bo’lib bayramga tayyorgarlik ko’rgan mazkur muassasa mutasaddilari uni ko’tarinkilik bilan o’tkazishdi.

Tadbirda barcha maktabgacha ta'lim tashkilotlari mudiralari, namunali tarbiyachilar va ota-onalar ishtirok etdilar. Tadbirda o’z qo’shiqlari bilan ishtirok etgan bolajonlar onalarni o’z qo’shiq va raqslari bilan samimiy muborakbod etdilar.

Mazkur davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti mudirasi Nargiza Bahronovaning so’zlariga ko’ra, ayni kunda mazkur muassasada 4 ta guruh amal qiladi va 120 nafar bolajonlar tarbiya olishadi. Bolajonlarning barkamol bo’lib voyaga yetishlari uchun muassasada barcha shart-sharoitlar yaratib berilgan.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati







Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram