Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 3 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

AHOLINI RO’YXATGA OLISHNING MOHIYATI

×

 2023-01-30 18:36:58    62

PDF yuklash
Chop etish


Aholini ro’yxatga olishning mohiyati

Har qanday davlatning tarixi – bu, birinchi navbatda, unda yashaydigan xalqning tarixi, aholisining soni va tarkibi, uning iqtisodiy va ijtimoiy tavsiflarida o’z ifodasini topadi. Aholi soni bo’yicha aniq va yaxlit ma'lumotlar aholini ro’yxatga olish asosida olinadi.

Aholini ro’yxatga olish yakunlariga qarab o’tmish va hozirgi davr haqida fikr va mulohazalar yuritish hamda kelajakni prognoz qilish mumkin bo’ladi.

Aholini ro’yxatga olish – aholining yoshi, jinsi, milliy tarkibi, ma'lumot darajasi, nikoh holati, bandligi va boshqa tavsiflari haqida ma'lumotlar olishning yagona axborot manbai bo’lib xizmat qiladi.

Aholi hisobini yuritish amaliyoti ilk bor miloddan avvalgi uch ming yillikdan boshlangan. Bu jarayon dastlab Osiyo va Afrika davlatlari, Misr, Mesopotamiya, Hindiston, Xitoy va Yaponiyani qamrab olgan. Aholini ro’yxatga olishdan maqsad soliq to’lovchilar va askarlikka yaroqli aholi sonini aniqlash bo’lgan. Shuning uchun ham, bu aholi ro’yxatlarida asosan erkaklar ro’yxatga olingan. Chunki, u paytlarda erkaklarning iqtisodiy o’rni yuqori bo’lgan, soliq to’lashda faqat erkaklar, ya'ni oila boshliqlari qatnashgan.

Ilk o’rta asrlarda mazkur tartibot birmuncha takomillashgan. Aholini hisobga olish elementlari xo’jaliklarning yozma kitoblar, kadastrlardagi tavsiflari bilan uyg’unlashgan. Ularda odamlar yoki oilalar emas, balki uy-joy kabi soliqqa tortish birliklari birinchi o’ringa qo’yilgan.

 A. Abdurazakov - Farg’ona viloyati statistika boshqarmasi bo’lim boshlig’i



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram