Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 33 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

MAHALLA IFTIXORI

×

 2023-01-07 18:14:42    71

PDF yuklash
Chop etish


Mahalla iftixori

Mahalla instituti rolini oshirish va uning jamiyatda mustahkam mavqega ega bo’lishida fuqarolar yig’inida fa'oliyat olib boradigan mutasaddilarning hissasi beqiyos. Ayniqsa, mahalla fuqarolar yig’ini raislari olib borayotgan ishlar e'tirofga loyiqdir. Xalq dardu tashvishlari bilan yashaydigan, mahalla tinchligi va farovonligi yo’lida astoydil fa'oliyat olib borib, halol mehnat qiladigan mahalla raislarini bilamiz. Bunday jonkuyar raislar bizning tumanimizda ham bor.

Subhonali Nishonov mana shunday mahalla raislaridan desak, aslo mubolag’a qilmagan bo’lamiz. Mahalla fuqarolar yig’ini kotibligidan Hazrati Ali mahallasi raisigacha bosib o’tgan yo’lda faqat harakat, intilishni ko’rsamiz. Tinib tinchimaydigan rais boshchiligida mahalla hududida keng ko’lamli obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Mahallada davlatimiz rahbari, hukumatimizning olib borayotgan siyosatini xolislik bilan targ’ib qilish, odamlar ko’nglida bo’layotgan o’zgarishlarga nisbatan xayrixohlik hissini uyg’otishda ham Subhonali Nishonovning hissasi beqiyos.

Qilingan mehnat va sa'y-harakatlar ham o’z mevasini berayotir. Munosib rag’bat va mehnat e'tirofi raisga o’ziga xos motivatsiya va ilhom bag’ishlaydi.

O’tgan yilning aprel oyida “Hazrati Aliy” mahalla raisi, xalq deputatlari So’x tuman Kengashi deputatiga Turon fanlar akademiyasining faxriy akademigi unvoni berildi. So’x tumanidagi madaniyat markazida bo’lib o’tgan tantanali tadbirda deputatga mazkur unvon O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan artist Hojiakbar Hamidov tomonidan topshirildi.

Subhonali Nishonov “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan Xalq deputatlari So’x tumani Kengashiga deputat etib saylangan. Deputatlik fa'oliyatini ham samarali olib borayotgan rais partiya tomonidan ham munosib rag’batlantirayotir.

2022 yilning may oyida Subhonali Nishonov tashabbuskorligi va samarali faoliyati uchun partiyaning “Adolat” ko’krak nishoni bilan taqdirlandi. Mukofotni Xalq deputatlari So’x tuman Kengashining navbatdagi sessiyasida viloyat hokimi o’rinbosari Jamshid Hatamov topshirdi.

Xabaringiz bor, O’zbekiston Respublikasi Kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan ko’rik-tanlovda ham Subhonali Nishonov fa'ollik bilan qatnashdi. U “Eng yaxshi mahalla raisi” nominatsiyasi bo’yicha 3-o’rinni egallab, diplom va 20 million so’m pul mukofoti bilan taqdirlandi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 3 fevraldagi «Mahalla institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi PF-4944-sonli Farmoniga asosan «Mahalla iftixori» ko’krak nishoni ta'sis etilgan bo’lib, So’x tumani Hazrati Ali MFY raisi tuman Kengashi deputati Subhonali Nishonov «Mahalla iftixori» ko’krak nishoniga munosib deb topildi va Farg’ona viloyat hokimi Xayrullo Bozorov tomonidan «Mahalla iftixori» ko’krak nishoni topshirildi.

Qilgan sa'y-harakat va halol mehnat bir nafar yosh mahalla raisini hamksblari o’rtasida iftixor etadigan darajaga ko’tardi. - Xalq xizmati yo’lidagi kamtarona xizmatlarimiz yuksak baholanmoqda, – deydi deputat.  – Bundan behad quvonmoqdaman. Albatta, kelgusi ishlarimizda amaliy natijalarni oshirib, xalqni rozi qilish yo’lidagi islohotlarda ishtirokimiz yanada faollashadi. Bildirilgan ishonchning mas'uliyatini sidqidildan ado etaman, - deya o’z so’zida davom etadi mahalla raisi. Mahalla raisining ish tajribasidan kelib chiqib, uning o’z va'dasi ustidan chiqishiga astoydil ishonamiz. Balli rais!

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati








Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram