Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 19 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QAL'ACHA MAHALLASIDA “YOSHLAR YETAKCHISI KUBOGI”NI QO’LGA KIRITISH MAQSADIDA VOLEYBOL MUSOBAQALARI O’TKAZILDI

×

 2023-01-06 16:11:36    49

PDF yuklash
Chop etish


Qal'acha mahallasida “Yoshlar yetakchisi kubogi”ni qo’lga kiritish maqsadida voleybol musobaqalari o’tkazildi

Yoshlarni bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan tadbirlarni tashkil etilishida yoshlar yetakchilarining sa'y-harakatlarini alohida ta'kidlash lozim. Ayni kunda tumanimiz hududida o’tkazilayotgan sport tadbirlari ham bevosita yoshlar yetakchilari tashabbusi bilan amalga oshirilayotir.

Qal'acha mahalla fuqarolar yig’inida bo’lib o’tgan sport tadbiri ham bevosita ushbu mahalla yoshlar yetakchisi Parviz Azizov tashabbusi ostida o’tkazildi. Voleybol bo’yicha tashkil etilgan sport musobaqalarida mahallaning yoshlari 7 jamoa tarkibida o’zaro bellashdilar.

Yoshlar yetakchisi kubogini qo’lga kiritish maqsadida tashkil etilgan musobaqalar qizg’in kechdi. Musobaqa natijasiga ko’ra, musobaqa g’olibligini 1991 yilda tug’ilgan yoshlar jamoasi qo’lga kiritdi. Ikkinchi o’rin mahallaning “Navbahor 2” ko’chasi jamoasi va 3-o’rin “Kamolot” jamoasi yoshlariga nasib etdi. “Eng yaxshi o’yinchi” nominatsiyasida g’olib bo’lgan iste'dodli Azimjon Qahhorovga ham g’olib va eng faol jamoalar qatorida esdalik sovg’alari taqdim etildi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram