Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 2 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HECH KIM E'TIBORDAN CHETDA QOLGAN EMAS

×

 2022-12-03 16:27:57    71

PDF yuklash
Chop etish


Hech kim e'tibordan chetda qolgan emas

        Jismoniy imkoniyati cheklangan, xastalik yostig’iga mixlanib qolgan, nogironligi bor fuqarolarimiz har doim e'tiborda. Respublikamizda bunday insonlarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash, ularga moddiy va ma'naviy kumak berish, manfaatlarini himoyalashga katta e'tibor qaratilgan.

        "Hech kim e'tibordan chetda qolgan emas" shiori ostida bugun tumanimizda "Xalqaro nogironlar kuni" ga bag’ishlab xayriya tadbirlari tashkil etildi. Tuman hokimligi, mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash bo’limi, "Mahalla" xayriya jamoat fondi hamda tumanimizdagi saxovatli insonlar hamkorligida bir guruh nogironlar holidan xabar olindi, ularga bayram sovg’alari taqdim etildi.

        Bunday tashrif va e'tibordan mamnun bo’lgan imkoniyati cheklangan fuqarolar o’z minnatdorliklarini samimiy so’zlar bilan izhor etishdi. Jumladan, So’x mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi 1-guruh nogironi Ikromjon Mamajonov, Kimyoxon Domulloyeva, Umiyaxon Homidova, Zarrina Kimsanova, Mulgon mahallasida yashovchi Manzura Abdulojonova va Rasuljon Dodoxonovlar berilgan e'tibordan mamnun ekanliklarini izhor etdilar.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram