Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 33 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“TASHABBUSLI BYUDJET” MABLAG’LARI YURT OBODLIGIGA SARFLANMOQDA

×

 2022-11-09 16:25:32    57

PDF yuklash
Chop etish


Respublikamizda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlarida fuqarolarimizning ishtiroki bevosita amalga bajarilayotgan ishlar samaradorligiga xizmat qilayotir. Bunga “Tashabbusli byudjet” mablag’lari orqali qilinayotgan ishlar misol bo’la oladi.

“Tashabbusli byudjet” tizimi asosida tuman bo’yicha g’olib takliflar soni 7 taga hamda amalga oshiriladigan ishlar hajmi 5 milliard 270 million so’mga yetkazildi.

“Tashabbusli byudjet” bo’yicha tumandagi

4 ta mahalla fuqarolar yig’inida 5,2 km, jumladan, Sebzor mahalla fuqarolar yig’inida 2,9 km, Qakir mahalla fuqarolar yig’inida 2,3 km ichki yo’llar asfaltlashtirildi.

Lenburg mahalla fuqarolar yig’inidagi maktabgacha ta'lim tashkiloti ta'mirlandi va ta'mirlash ishlariga 300 million so’m mablag’ sarflandi.

Chashma va Yangiariq mahalla fuqarolar yig’inilaridagi 2 ta maktab ta'mirlandi va ushbu maqsadlarga 750 million so’m mablag’ sarflandi. “Tashabbusli byudjet”ning “Mening yo’lim loyixasi” doirasida Zangat mahalla fuqarolar yig’iniga 1,1 mlrd so’m mablag ajratildi va 3,3 kilometr yul asfaltlashtirildi.

Shuningdek, “Tashabbusli byudjet”ning 2 bosqichi doirasida Chumoqcha va Demursad mahalla fuqarolar yig’inlarining 8 km yo’llarini asfaltlashtirish bo’yicha 2,4 milliard so’m mablag ajratildi va ishlar boshlanish arafasida turibti.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram