Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 45 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

YIL YAKUNLARINI SARHISOB QILISH, YANGI QISHLOQ XO’JALIGI YILIGA YANGI REJALAR TUZILISHI MUTASADDILARGA VAZIFA ETIB BERILDI

×

 2022-11-07 16:34:41    52

PDF yuklash
Chop etish


So’x tumani asosan agrar, ya'ni qishloq xo’jaligiga ixtisoslashgan tuman hisoblanib, aholining asosiy daromad manbai ham ushbu sohadan. Binoan, ushbu sohani rivojlantirish va sohaga daxldor bo’lganlar daromadini oshirishga qaratilgan ishlar keng ko’lamda olib borilyapti.

Tuman madaniyat markazining majlislar zalida bo’lib o’tgan ochiq muloqotda tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev ishtirok etdi. Ijarachi va fermerlar qatnashgan mazkur tadbirda yakunlanayotgan yildagi ishlar sarhisob qilinib, yangi 2023 qishloq xo’jaligi yiliga tayyorgarlik ishlari muhokama etildi.

Tuman hokimi o’rinbosari Muslimbek Mavlonbekovning so’zlariga ko’ra, bu yili ayniqsa, So’xlik bobodehqonlar uchun juda yaxshi va serdaromad bo’ldi. G’allakorlarimiz muvaffaqiyati va kartoshkachi mirishkorlarning muzaffariyati yangi qishloq xo’jaligi yilini ko’tarinkilik bilan boshlashlariga motivatsiya beradi.

O’tkazilgan tadbirda tumanda fa'oliyat ko’rsatayotgan 58 nafar barcha yo’nalishdagi fermer xo’jaliklar mutasaddilari bilan birgalikda 2022 yil kuz-qish mavsumida xamda 2023 yil hosili uchun amalga oshiriladigan agrotexnik tadbirlar yuzasidan muhokama bo’lib o’tdi. Tumanda qishloq xo’jaligi hisobidan eksportni rivojlantirishga doir chora-tadbirlar belgilandi va ushbu tizmini yo’lga qo’yish uchun mutasaddilarga ko’rsatmalar berildi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram