Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 35 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“ILK QADAM” O’QUV DASTURINING TATBIQ ETILISHI YUZASIDAN O’QUV-SEMINAR TASHKIL ETILDI

×

 2022-11-03 18:10:22    75

PDF yuklash
Chop etish


Respublikamizda maktabgacha ta'lim sohasiga berilayotgan e'tibor zamirida farzandlarimizning kelajagi mujassam. O’sib kelayotgan barkamol avlod tarbiyasiga e'tiborli bo’lish – ularning porloq kelajak sari yetaklovchi omillardan biridir.

O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligining 2018 yil 7 iyuldagi tasdiqlagan “Ilk qadam” o’quv dasturi maktabgacha ta'lim tashkilotida ta'lim jarayonini tashkil qilish tamoyillarini belgilashda muhim ta'limiy hujjat hisoblanadi. Tumanimizning maktabgacha ta'lim muassasalarida ushbu o’quv dasturi bo’yicha olib borilayotgan ishlar ta'lim sifatini ko’tarishga qaratilgan.

So’x tumani maktabgacha ta'lim bo’limi xodimi Muharramxon Mirhisenovaning bizga bergan ma'lumotiga ko’ra, So’x tumani maktabgacha ta'lim bo’limi tasarufidagi 14-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotida maktabgacha ta'lim tashkilotlari uchun «Ilk qadam» davlat dasturini takomillashtirish bo’yicha o’quv seminar o’tkazildi. Seminarda barcha maktabgacha ta'lim tashkilotlari xodimlari va metodistlar qatnashdi.

Tadbir tashkil etilgan mazkur maktabgacha ta'lim tashkilotida shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligining 155-sonli “Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari pedagoglarining ish xujjatlarini tasdiqlash to’g’risida” gi buyrug’i va uning ijrosiga qaratilgan monitoring natijasi tahlil etildi. Bunday tadbirlar albatta, soha rivoji va mazkur muassasalarda faoliyat olib borayotgan xodimlar faoliyatini samarali yo’lga qo’yishda katta ahamiyatga ega.

              So’x tumani hokimligi Axborot xizmati






Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram