Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 6 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

JAVPAYA MASSIVIDA YERLARNI O’ZLASHTIRISH VA EKIN EKISHGA TAYYORLASH ISHLARI DAVOM ETMOQDA

×

 2022-10-19 16:33:31    97

PDF yuklash
Chop etish


        Qal'acha mahallasidagi Javpaya massivida qishloq xo’jaligida foydalanmaydigan yerlarni o’zlashtirish bo’yicha olib borilayotgan ishlar bugun ob-havo o’zgaganiga qaramasdan davom etmoqda. Respublika markazidan olib kelingan suv tejovchi texnologiyalarning butlovchi qismlarini o’zlashtirayotgan hududga yetkazish ishlari amalga oshirilmoqda.

        Bugungi kungacha 230 gektar yer maydoni shudgorlanib, anor ekishga tayyorlanib qo’yildi. Membrana hovuzi qurilishi davom etmoqda.

        Shuning barobarida, mazkur hududda issiqxona barpo etgan fuqarolar ham birinchi kuzgi hosilni terib olishga intilmoqdalar. Suratlarda ko’rayotganingiz Javpaya massivida yetishtirilgan kuzgi bodringlar. Qal'achalik tadbirkor D. Yunusov birinchi hosilni yig’ib-terib, allaqachon daromad olishga kirishgan.

        Javpaya massiviga suv tortish ishlari ham jadallik bilan olib borilmoqda. Ayni kunda So’x daryosi sohilida qurilayotgan suv inshootida ham ishlar bir maromda bilan davom etyapti.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati






Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram