Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 30 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SIZGA TA'ZIM - USTOZ-MUALLIM!

×

 2022-10-01 14:32:23    74

PDF yuklash
Chop etish


        Bugun So’x tumani Chashma mahalalsidagi tantanalar saroyida 1 okbyar – ustozlar va murabbiylar kuniga bag’ishlab tantanali tadbir bo’lib o’tdi. Tadbirda soha vakillari, faxriy o’qituvchi va murabbiylar, sohaning yosh vakillari ishtirok etishdi.

        So’x tumani hokimligi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda tuman XTB tasarrufidagi umumta'lmi maktablari faol o’qituvchilari, maktab direktorlari va maktabgacha ta'lim bo’limi mutasaddilari ham qatnashdi.

        Tadbirda so’z olgan tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev va barcha tuman sektorlari rahbarlari Respublikamizda davlatimiz rahbari rahnamoligida xalq ta'limi sohasiga berilayotgan e'tibor, maktabgacha ta'lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar samarasi bugun o’z natijalarini berayotgani bilan ham ahamiyatli ekanini ta'kidladilar.

        Sohaning faxriy vakillari ham Prezidentimiz tomonidan ta'lim-tarbiya va o’qituvchi kasbiga nisbatan berilayotgan e'tiborni alohida qayd etishdi.

        - Muallim shaxsi bugun davlat tomonidan munosib rag’batlantirilmoqda. O’qituvchilar oyligining oshib borishi ushbu mashaqqatli kasb egalariga bo’lgan ehtirom nishonasidir. Bugungi muallimlar berilayotgan barcha e'tibor va g’amxurliklardan ro’h olib, ertangi porloq kelajakni barpo etadigan barkamol avlodlarni voyaga yetkazishlari kerak. Bu davr va zamon talabi va taqozosidir, - dedi o’z so’zida, 29-sonli umumiy o’rta ta'lim maktabi direktori, Prezidentimiz Farmoni bilan “Do’stlik” ordeni sohibi bo’lgan Amirjon Temirov.

        Tadbir davomida bir guruh mehnat faxriylari, XTB va MTT faol vakillariga tuman hokimligi va tashkilotchilarning esdalik va qimmatbaho sovg’alari, viloyat xalq ta'limi boshqarmasi, tuman hokimligi faxriy yorliqlari va pul mukofotlari topshirildi.

        Bayram tadbiri yosh san'at g’unchalarining kompozitsion chiqishlari bilan davom etdi. Sahna uzra namoyish etilgan mahorat namunalari tadbir ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati













Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram