Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 19 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

XOTIN-QIZLAR FAOLLARI FA'OLIYATI TAHLIL ETILDI

×

 2022-09-15 10:13:07    64

PDF yuklash
Chop etish


        So’x tuman hokimligida tumanmizda fa'oliyat boshlagan xotin-qizlar faollarining olib borilayotgan ishlarni tahlil etishga qaratilgan tadbir bo’lib o’tdi. Ochiq muloqot tarzida bo’lib o’tgan mazkur tadbirda Farg’ona viloyati oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig’i o’rinbosari Gulchehra Jo’rayeva, boshqarma vakillari, So’x tumani hokimi o’rinbosari, tuman oila va xotin-qizlar bo’limi boshlig’i Madinaxon Safarovalar ishtirok etdilar.

        Tadbir avvalida barcha fa'oliyat boshlagan xotin-qizlar faollarining o’tgan muddat ichida olib borgan ishlari tahlil etildi va barcha faollarning fa'oliyatiga tanqidiy nuqtai nazardan baho berildi. Samara va natijaga erishish uchun eng avvalo mas'uliyatni his etgan holda fa'oliyat olib borish lozimligi alohida qayd etildi.

        Ochiq muloqot davomida “Ayollar daftari” bo’yicha ehtiyojmand oilalarning individual dasturini shakllantirishi, xotin-qizlar platformasiga 7 ta yo’nalish bo’yicha muammolarni kirgizib borilayotgani, har bir mahalla fuqarolar yig’inlarida “Oqila ayollar” tizimini tashkil etish masalalari muhokama etildi. Shuningdek, “Oqila ayol” yetakchisini saylash va fa'oliyatini yo’lga qo’yish bo’yicha ham gapirildi.

        Ochiq-muloqot jarayonida har bir xotin-qizlar fa'oli bilan so’hbat qilindi. Ochiq muloqot samimiy so’hbat tarzida bo’lib o’tdi va xotin-qizlar faollari ham o’zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati






Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram