Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 91 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Mahallada tadbirkor tashabbusi bilan avtomobillarni texnik ko'rikdan o'tkazish korxonasi ochildi

×

 2022-06-11 10:09:01    72

PDF yuklash
Chop etish


Mahallada tadbirkor tashabbusi bilan avtomobillarni texnik ko'rikdan o'tkazish korxonasi ochildi

         Respublikamizda tadbirkolik va soha vakillariga berilayotgan e'tibor samarasi o'laroq, eng chekka hududlarda ham mazkur soha keng quloch yozib, rivojlanmoqda. Bu yo'nalishda mahalliy tadbirkorlarning hissasini alohida e'tirof etish lozim.

         So'x tumanida yana bitta tadbirkorlik sub'ekti barpo etilib, kuni kecha foydalanishga topshirildi. Istiqlol mahalla fuqarolar yig'ini hokim yordamchisi Xurshed Hisenovning ma'lumotiga ko'ra, mahallada yosh tadbirkor Alisher Mastonov sa'y-harakati va tashabbusi bilan yangi avtomobillarni texnik ko'rikdan o'tkazish xususiy korxonasi barpo etildi.

         Taqdimot marosimida ishtirok etgan tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev va tuman sektorlari rahbarlari so'zga chiqib, tumanda tadbirkorlik sub'ektlari va tadbirkorlarimiz eng avvalo xalqimizni og'irini yengil qilishda alohida o'rin tutishlari va bugungi xususiy korxona ham ayni  shu maqsadga xizmat qilishini alohida ta'kidladilar. Chunki oldingi yillar avtomobillarni texnik ko'rikdan o'tkazish uchun viloyatga borishga to'g'ri kelar, yoxud viloyatdan mutaxassis chaqirishga majbur edik. Bu ortiqcha sarf-xarajat deganidir. Endilikda barcha muammolar ham o'z yechimini topmoqda.

         Mazkur korxonanini barpo etish uchun 1 milliard 200 million so'm mablag' yo'naltirilgan va korxonada avtomobillarni texnik ko'rikdan o'tkazish uchun barcha zaruriy asbob-dastgohlar mavjud bo'lib, eng asosiysi 9 nafar yoshlarning bandligi ta'minlandi.

         Darhaqiqat, bugun tadbirkorlik rivoji orqali kunning asosiy muammosi – ishsizlik darajasi ham sezilarli darajada pasayib bormoqda. Bu degani ish bilan band bo'lgan odam bugungi o'zgarish va islohotlardan mamnun bo'lib hayot kechiradi.

                   So'x tumani hokimligi Axborot xizmati